Innovatsion Pedagogika

O'qitish va ta'limga zamonaviy yondashuvlar, bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish.

Xush kelibsiz!

Innovatsion Pedagogika markaziga xush kelibsiz! Bizning maqsadimiz — ta'lim sohasini zamonaviy texnologiyalar va yangi metodlar bilan boyitish. Bu yerda siz kelajak o'qituvchisi bo'lish uchun kerakli bilim va ko'nikmalarni topasiz.

Biz Haqimizda

Innovatsion Pedagogika markazi 2023-yilda ta'lim tizimida inqilobiy o'zgarishlar qilish maqsadida tashkil etilgan. Bizning jamoamiz tajribali pedagoglar, dasturchilar va metodistlardan iborat. Biz onlayn va oflayn kurslar, interaktiv darsliklar va pedagogik tadqiqotlar uchun resurslar yaratishga ixtisoslashganmiz.

Bizning yondashuvimiz amaliy mashg'ulotlarga va loyihaviy ishlarga qaratilgan bo'lib, bu sizga nazariy bilimlarni real hayotda qo'llash imkonini beradi. Biz bilan birga o'rganing va o'zingizning pedagogik mahoratingizni oshiring.

Kurslarimiz Ro'yxati

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari

Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq.

Mavzuni o'qish

Pedagogika fan sifatida.

Pedagogika fan sifatida. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari.

Mavzuni o'qish

Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Mavzuni o'qish

Yaxlit pedagogik jarayon

Mavzuni o'qish

Didaktika- ta’lim nazariyasi sifatida.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim qonunlari va xalqaro standartlar bo'yicha ma' lumotlar.

Mavzuni o'qish

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI

Mavzuni o'qish

TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI

Mavzuni o'qish

PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Mavzuni o'qish

TA’LIM MUASSASI MENEJMENTI

Mavzuni o'qish

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari.

Reja:

  • Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari.
  • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni.
  • Ta’lim tizimi va turlari.
  • Professinal ta’lim mazmuni.
  • Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari

1. Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari.

Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda Yangi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Yurtimiz taraqqiyotida Harakatlar strategiyasi muhim ahamiyat kasb etdi. O‘tgan yillar mobaynida yurtimizda ulkan iqtisodiy, ijtimoiy -siyosiy masalalar o‘z yechimini topganligiga biz o‘z ko‘zimiz bilan guvoh bo‘ldik va shu o‘zgarishlarda faol ishtirok etdik. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan to‘g‘ri tanlangan siyosat natijasida biz bugun O‘zbekistonni yangi bir ko‘rinishda ya’ni “Yangi O‘zbekiston” nomi, shiori ostida ko‘ryapmiz. Harakatlar strategiyasining uzviy davomi sifatida yangi Taraqqiyot strategiyasini boshladik. Mamlakatimizni 2017 — 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi.

Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15 yanvarda yakunlanadigan mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.

Birinchi omil:

ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan.

Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.

Shunday qilib, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida quyidagi yettita ustuvor yo‘nalish nazarda tutilgan:

– inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;

birinchi ustuvor yo‘nalish

– mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish

ikkinchi ustuvor yo‘nalish ;

– milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida ta’minlash;

uchinchi ustuvor yo‘nalish

– adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;

to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish

– ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish;

beshinchi ustuvor yo‘nalish

– umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda yechim topish;

oltinchi ustuvor yo‘nalish

– mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish.

yettinchi ustuvor yo‘nalish

Ikkinchi omil:

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida

“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”tamoyili ilgari surilayotgani bejiz emas. Chunki, avvalo, Harakatlar strategiyasidagi har bir yo‘nalishni taraqqiyotning yangi bosqichida mantiqiy va izchil asosda rivojlantirish hamda yangi ustuvor yo‘nalishlarda muhim natijalarga erishish ko‘zda tutilmoqda.

Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan.

Ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan.

Eng asosiysi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi 7 ustuvor yo‘nalishning bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi dasturidagi asosiy g‘oya ham “Inson qadri uchun” tamoyili edi.

Uchinchi omil:

inson qadrini joyiga qo‘yishni qonuniy va tashkiliy-huquqiy yo‘llar bilan hayotimizning barcha sohalarida milliy, mintaqaviy va xalqaro hamkorlik darajalarida qanday qilib amalga oshirish kerak? Taraqqiyot strategiyasida bu dolzarb savolga juda ko‘plab aniq maqsadlarga qaratilgan amaliy javoblar bor.

Harakatlar strategiyasining har bir ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha hozirgi kunga qadar 26 ta konsepsiya va bir qator dasturlar qabul qilingan bo‘lsa, kelgusida Taraqqiyot strategiyasi doirasida 13 ta kodeks, 12 ta qonun, ya’ni har bir ustuvor yo‘nalishda zarur qonun hujjatlari qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Jumladan, Tadbirkorlik kodeksining ishlab chiqilishi – yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlar huquqlarini to‘liq himoya qilishning mustahkam qonuniy asosiga aylanadi.

Bo‘lajak Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksda fuqarolik jamiyatining huquqiy mezonlari o‘z aksini topadi.

Axborot kodeksi – shu vaqtga qadar amal qilayotgan ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar faoliyati, axborot va so‘z erkinligiga bag‘ishlangan o‘ndan ortiq qonun kodifikatsiya qilingan yagona va yaxlit qonun hujjati sifatida qabul qilinishining natijasi bo‘ladi.

To‘rtinchi omil:

Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasining nafaqat nomlanishi, ayni chog‘da unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va muhim vazifalar ham milliy yoki mintaqaviy miqyosdagina emas, balki global darajada ulkan ahamiyatga molik xalqaro hujjatlar bilan uyg‘un va hamohangdir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015-2030 yillarda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini e’lon qilgan. Bu xalqaro hujjat o‘zbek tilida “Barqaror taraqqiyot maqsadlari” yoki “Barqaror rivojlanish maqsadlari”, degan nomlar bilan sizu bizga yaxshi tanish.

Dastlab Harakatlar strategiyasida, endilikda esa Taraqqiyot strategiyasida ham O‘zbekiston bajarishni o‘z zimmasiga olgan BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlarini mamlakatimiz hayotiga tatbiq etishning aniq taktika va strategiyalari belgilab berilmoqda.

Boshqacha aytganda, O‘zbekiston tashqi xalqaro munosabatlarning teng huquqli a’zosi sifatida o‘zining BMT Barqaror taraqqiyot maqsadlari bilan hamohang holda rivojlanishi, bu boradagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati, yanada muhimi, ibratli tajribasini butun dunyoga ko‘rsata oldi. O‘z navbatida, Yangi O‘zbekiston tarraqqiyot strategiyasi ushbu muhim taraqqiypravar jarayon uzluksiz davom etayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda xalqaro hamjamiyat tomonidan Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi konvensiya loyihasi ishlab chiqilyapti. Qolaversa, 35 yildan buyon Taraqqiyot huquqi to‘g‘risidagi deklaratsiya amal qilmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekiston Prezidenti taqdim etayotgan Taraqqiyot strategiyasi xalqaro hamjamiyatning rivojlanish tendensiyalariga, butun dunyoning taraqqiyot trendlariga to‘la mos keladi.

Shuni ham aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma qarori bilan Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy parlament komissiyasi tuzilgan.

Parlament komissiyasi Barqaror taraqqiyot maqsadlari ijro etilishini parlament nazorati yo‘li bilan ta’minlamoqda. Binobarin, Taraqqiyot strategiyasini amalda tatbiq etishda ham parlamentning roliga alohida e’tibor qaratilayotgani juda muhim.

Jamoatchilik muhokamalari yakunlari bo‘yicha kelib tushgan taklif va tavsiyalar asosida maromiga yetkazilganidan so‘ng davlatimiz rahbari tomonidan imzolanishi kutilayotgan “Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi farmon asosida:

birinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi;

ikkinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;

uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha milliy komissiya tarkibi tasdiqlanadi.

Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish” muhim vazifa etib belgilanmoqda.

Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.

Bu barcha islohotlar avvalo inson uchun ekanligi bizni bugun yashashga bo‘lgan ishtiyoqimizni va siyosiy jihatdan faolligimizni oshiradi. Inson omili birinchi o‘rinda turar ekan ta’lim va tarbiya masalasi bugun mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi.

2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonuni.

Yangi tahrirdagi – “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan bo‘lib, 11 bob, 75 moddadan iborat. Ushbu qonunga ko‘ra ilk bor inklyuziv ta’lim joriy etildi. Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan ta’lim olish shakli hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

- maktabgacha ta’lim va tarbiya;

- umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

- professional ta’lim;

- oliy ta’lim;

- oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

- kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

- maktabdan tashqari ta’lim.

Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim I–XI sinflarni o‘z ichiga olib, o‘rta maxsus ta’lim akademik litseylarda 9 yillik tayanch o‘rta ta’lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Professional ta’lim boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim darajalariga ajratildi. Endilikda boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida kunduzgi ta’lim shaklida 2 yillik integratsiyalashgan dastur asosida bepul amalga oshirilishi hamda o‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi 2 yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshirilishi belgilandi. O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Qonunga muvofiq, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etilishi hamda nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya esa Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berish joriy etildi.

Bundan tashqari mazkur qonun bilan pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari belgilab qo‘yildi. Xususan, pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinishi, pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanashi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilishi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar berilishi nazarda tutilgan.

Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi va ularning kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmasligini belgilanishi e’tirofga loyiq deb o‘ylayman.

Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik bo‘yicha ham bir qancha normalar belgilanib, bunda ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari xorijiy davlatlarning tegishli vakolatli organlari, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishi, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni xorijiy davlatlarning ta’lim muassasalariga o‘qish uchun yuborishi, pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilar almashinuvini amalga oshirishi, rahbar hamda pedagog xodimlarning xorijiy davlatlarda tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etishi, o‘z xodimlari hamda mutaxassislarini xalqaro konferensiyalarga va stajirovkalarga yuborish, ularning xalqaro loyihalar hamda ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlab borishlari belgilab qo‘yildi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu qonun bilan joriy qilinayotgan yangiliklar ta’lim muassasalarida pedagog kadrlar salohiyati va ta’lim sifatining oshirilishida, oliy ta’lim muassasalariga eng iqtidorli yoshlarning qabul qilinishida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli hamda tizimli o‘zgarishlarda ta’lim muassasalarining faol ishtirok etishini ta’minlashda qo‘l keladi.

3. Ta’lim tizimi va turlari.

O‘zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, ta’lim turlariga ko‘ra quyidagilardan iborat:

Maktabgacha ta’lim va tarbiya

Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi "Ta’lim to‘g‘risida" gi Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.

Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.

O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.

Professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek ta’lim oluvchilarni yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblarga tayyorlash tartibi qonunchilikda belgilanadi.

Professional ta’lim

Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:

Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.

O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.

O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim

Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.

Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar, akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga ega.

Oliy ta’lim ikki bosqichga — bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish mumkin.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlaydi.

Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta’minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko‘nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta’minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi.

Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta’lim talablari bilan belgilanadi.

Maktabdan tashqari ta’lim

Bolalarning ehtiyojlarini qanoatlantirish, bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, shuningdek tijorat tashkilotlari madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport yo‘nalishidagi maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarini tashkil etishi mumkin.

Maktabdan tashqari ta’lim bolalarga uzluksiz ta’lim berishning tarkibiy qismi sifatida ularning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirishga, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan.

Maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari jumlasiga bolalar, o‘smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona hamda sog‘lomlashtirish muassasalari kiradi.

4. Professional ta’lim mazmuni“Ta’lim to‘g’risida”gi qonunda professional ta’limning roli alohida ahamiyatga ega. 2019-yil 6-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”gi PF-5812-son farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab yurtimizda Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i tashkil etildi. Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlarga idoraviy bo‘ysunuvidan qatiy nazar o‘quv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Professional ta’limni amalga oshirish asosan kasb va mutaxassislik bo‘yicha:

Boshlang’ich professional ta’lim;

O‘rta professional ta’lim;

O‘rta maxsus professional ta’lim tarkibida amalga oshadi.

Farmon bilan 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab xalqaro tasniflagichning tegishli darajalariga mos keluvchi dasturlar asosida tegishli kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxatlari tasdiqlandi:

- Boshlang’ich professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (Kasb-hunar maktablari) ro‘yxati;

- O‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari (kollejlar) ro‘yxati;

- Oliy ta’lim muassasalari huzurida tashkil etiladigan texnikumlar.

Kasb-hunar kolleji, texnikum va kasb maktablari tegishli davlat ta’lim standartlari doirasida professional ta’lim beradi, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqur rivojlantirish, tanlangan kasb-hunar yo‘nalishi bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisoslikni egallash imkonini beradigan hamda 1 yoki 2 yil davomida professional ta’limni tashkil etadigan o‘quv yurtlaridir.

Bunda boshlang’ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida 9-sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida olib boriladi.

O‘rta profetsional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov shartnomasi asosida kasblar hamda mutaxassisliklarni murakkabligidan kelib chiqib davomiyligini 2 yilgacha kunduzgi va kechki, sirtqi ta’lim shakllar bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta mahsus ta’limi hamda boshlang’ich professional ta’lim negizda olib boriladi.

O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta maxsus, boshlang’ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yokim to‘lov-shartnommasi asosida kasblar hamda mutaxassislkni murakkabligidan kelib chiqqan holda davomiyligi kamida 2 yil kunduzgi va kechki, sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kollejlari, texnikum va kasb maktablari zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv-uslubiy qurollar, ko‘rgazmali-didaktik vositalar, axborot texnologiyalari va kompyuterlar bilan jihozlanishi bilan ham tubdan farq qiladi. O‘quv binolari, ustaxonalarning zamonaviyligi bilan ajralib turadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, kasb-hunar kollejlarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi – bunday o‘quv yurtlarida har bir hududning o‘ziga xos geografik shart-sharoitlari va mutaxassislarga bo‘lgan mahalliy ehtiyojlari hisobga olingan holda kadrlar tayyorlanadi.

Professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Bu diplomlar ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishni davom ettirish yoki egallangan ixtisos va kasb-hunar bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradi. O‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.

Professional ta’lim tizimi tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlarni tayyorlaydi. Ishchi kasblar bilan o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash tizimi bir-biridan to‘liq ajratilib, ishchi kasblar alohida o‘quv rejasi va dasturlar asosida 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan muddatda o‘qitiladi. O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash uchun zarur muddat kamida 2 yilni tashkil qiladi.

Professional ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli kurslarda barcha yoshdagi (katta yoshdagilar ham) talabalar qabul qilinadi va o‘qitiladi. Yoshlar o‘qishga qabul qilingan kundan e’tiboran o‘z shaxsiy biznesini boshlashi va bitirgan paytda barqaror tadbirkorlik faoliyatiga, aniq ish o‘rni va daromadiga ega bo‘lishi asosiy maqsad etib belgilangan. Bundan tashqari talabalarda ta’lim dasturlarida mavjud ish o‘rinlariga mos kasbiy-amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, rus, ingliz tillarini mukammal o‘rgatish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratiladi. Professional ta’lim jarayoniga barcha ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, kichik biznes va tadbirkorlik, axborot kommunikatsion texnologiyalari sohalarida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar, ish yurituvchilar, injener-texnologlar, agronom va masterlar jalb etiladi.

Professional ta’lim tizimning asosiy prinsipi esa - avval ish o‘rni aniq bo‘ladi, ish beruvchi o‘zining malaka talablarini, shu kasbning ilmini, o‘qitish texnologiyasini beradi, shundan keyingina mutaxassis tayyorlanadi.

5.Ta’limning xalqaro standart tasniflagich darajalari.

Taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash maqsadida standartlar, ta’lim tizimining jahon miqyosidagi jihatlari va jarayonlarini to‘g‘ri tushunishimiz va to‘g‘ri talqin qilishimiz, shuningdek, xalqaro standartlarning mamlakatimiz ta’lim standartlari bilan solishtirilishini ta’minlashimiz zarur. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan taqdim etilgan nashrida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 199 ta milliy ta’lim tizimi mavjud. Ushbu ta’lim tizimlarining har biri o‘ziga xos tarzda noyobdir. Ushbu ta’lim tizimlari quyidagilar bilan farqlanadi: ta’lim darajalari (bosqichlari), o‘quvchilarning yosh chegaralari, ta’lim to‘g'risidagi me’yoriy hujjatlar, o‘quv yutuqlarini qayd etish tizimlari, profillar, malaka talablari va boshqalar.

Bu xalqaro standartda ta’lim sohasining barcha bosqichlariga oid me’yorlar aslida qanday bo‘lishi, qay tarzda bo‘lsa, yuqori natijalarga erishish mumkinligi aniq belgilab berilgan. Jahon tajribasiga ko‘ra, milliy ta’lim standartlari o‘z ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga ega bo‘lgan davlatlar tajribasiga emas, balki xalqaro ta’lim klassifikatsiyasi standartiga asoslanishi zarur. Shunda jahon standartlari talablariga javob bera oladigan yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash imkoni oshadi.

Xalqaro standartga asosan har bir ta’lim darajasi uchun ta’lim dasturlari va ularga mos ravishda malaka talablari ishlab chiqilishi ta’lim sifatining oshishiga asos bo‘ladi. Ta’lim tizimini darajalarga ajratish esa uning uzluksizligi va ketma-ketligini ta’minlaydi. Bu tushuncha va tamoyillar xalqaro ta’lim klassifikatsiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Taʼlimning xalqaro standart tasnifi (ISCED) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (YUNESKO) tomonidan ishlab chiqilgan. Bu har bir mamlakat uchun alohida va xalqaro miqyosda milliy ta’lim tizimlarini qayta ishlash, o‘rganish va tavsiflash (hozirgi) imkonini beruvchi vositadir. U Jenevada boʻlib oʻtgan taʼlim boʻyicha xalqaro konferensiya tomonidan qabul qilingan va keyin YUNESKO tomonidan tasdiqlangan. Ta’limning xalqaro standart tasnifi xalqaro miqyosda taqqoslanadigan statistik ma’lumotlarni tasniflash va taqdim etish uchun mo‘ljallangan hujjatdir.

ISCED darajasi ta’lim dasturining mazmuni bilan belgilanadigan ta’lim tajribasi va bilimlarini anglatadi. Dastur qanchalik murakkab bo‘lsa, daraja shunchalik yuqori bo‘ladi. Taʼlimning xalqaro standart tasnifi (ISCED) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ijtimoiy va Iqtisodiy Tasniflashlar Xalqaro Tizimining bir qismi boʻlib, xalqaro miqyosda taqqoslanadigan maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish uchun statistikada qoʻllaniladi. Taʼlimning xalqaro standart tasnifi 2011yilda ta’lim darajalarini qayta ko‘rib chiqqan.

ISCED 2011 xalqaro shartnoma maqomiga ega boʻlib, ishtirokchi davlatlar tomonidan YUNESKO Bosh konferensiyasida hujjatlashtirilgan boʻlib, taʼlim dasturlari va tegishli malakalarni taʼlim darajasi va sohalari boʻyicha tartibga solish uchun qoʻllanma hisoblanadi. Ta’lim faoliyatining yagona taqdimoti, xalqaro miqyosda kelishilgan mezonlarga muvofiq milliy ta’lim tizimlarining dasturlari va yakuniy malakalarini aniq taqqoslash orqali ISCED ta’lim mobilligi uchun shart-sharoitlarni ham ta’minlaydi.

ISCED xalqaro miqyosda kelishilgan toifalar bo‘yicha dasturlarda va yakuniy malakalarda belgilangan ta’lim faoliyatini tasniflash uchun asosdir. ISCED asoslari va taʼriflari xalqaro miqyosda qoʻllanilishi va taʼlim tizimlarining toʻliq spektrini qamrab olishi uchun moʻljallangan. ISCED tavsiyalari va talablariga rioya qilish orqali milliy ta’lim tizimini tarjima qilish va ta’limning xalqaro standart tasnifi doirasida tavsiflash mumkin. Bu turli mamlakatlarning ta’lim tizimlari, ta’lim darajalari va olingan hujjatlarni solishtirish imkonini beradi.

Joriy versiya 2011 yilda YUNESKO Bosh konferentsiyasida (avvalgisi 1997 yilda) qabul qilingan.

Tizim sakkiz darajani o‘z ichiga oladi:

0-daraja – maktabgacha ta’lim;

1- daraja - boshlang'ich ta’lim;

2- daraja - o‘rta ta’limning birinchi bosqichi;

3- daraja - o‘rta ta’limning ikkinchi bosqichi;

4- daraja – maktabdan tashqari ta’lim;

5- daraja - oliy ta’limning qisqa sikli (professional ta’lim);

6- daraja - bakalavr darajasi yoki unga tenglashtirilgan;

7- daraja - Magistr darajasi yoki unga tenglashtirilgan;

8-daraja - doktorlik darajasi yoki unga tenglashtirilgan.

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga muvofiq oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son qarorida xalqaro standartlar darajasida taʼkidlanganidek: “Oliy taʼlimning ilgʻor standartlarini joriy etish, xususan, o‘quv dasturlari nazariy bilim olishga qaratilgan ta’limdan xalqaro tajribaga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish; oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishga qodir yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish” va Konsepsiyaning asosiy vazifalaridan biri “Oliy ta’lim muassasalari sharoitida, uni o‘rganish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish” etib belgilandi. Bu o‘z navbatida pedagogik tizimning mexanizmlarini takomillashtiradi.

Taʼlimning xalqaro standart tasnifi xalqaro miqyosda kelishilgan toifalarga muvofiq dasturlarda va yakuniy malakalarda belgilangan ta’lim faoliyatini tasniflash uchun asos hisoblanadi. Shu sababli, Taʼlimning xalqaro standart tasnifining asosiy qoidalari va ta’riflari xalqaro miqyosda qo‘llanilishi va ta’lim tizimlarining to‘liq spektrini qamrab olishi uchun mo‘ljallangan.

Ta’lim sohasidagi bugungi kamchiliklarning bartaraf etilishi, xalqaro me’yor va qoidalarning tezroq qabul qilinishi hamda jahon standartlariga asoslangan milliy ta’lim klassifikatsiyasi standarti va milliy kasblar klassifikatsiyasi standarti yaratilishi yangi O‘zbekistonning xalqaro ta’lim hamjamiyatiga integratsiyalashuviga va malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantirishning konseptual asoslari mavzusi bo'yicha test

1. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining nechinchi ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan?

2. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari qaysi hujjatlar bilan uyg‘un?

3. O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasida nimalar belgilangan?

Barqaror taraqqiyot maqsadlari qaysi tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan qabul qilingan?

“Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi Qonun qachon qabul qilingan?

Qonunga ko‘ra, inklyuziv ta’lim nima?

Qaysi ta’lim turlari qonunda belgilangan emas?

Umumiy o‘rta ta’lim nechta sinfni o‘z ichiga oladi?

Professional ta’lim qanday darajalarga ajratiladi?

Boshlang‘ich professional ta’lim kimlar uchun va qancha davom etadi?

Pedagog xodimlarning maqomi nima bilan ta’minlanadi?

Pedagogika fan sifatida. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va metodlari..

Reja:

  • Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
  • Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
  • Pedagogik fanlar tizimi.
  • Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
  • Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.

1. Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.

Shaxsni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari, qonun va qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonning ma’rifiy va ma’naviy komillikka erishishi pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi.

Pedagogika tarbiya haqidagi fandir. «Pedagogika» grekcha so‘z bo‘lib, «paydogogos» — «bola yetaklovchi» ma’nosini anglatadi. Insonlarning ma’rifiy va ma’naviy barkamollikka munosabatlari o‘zgarib borishi natijasida pedagogika (bolani to‘g‘ri yo‘lga solish san’ati) fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi. Shu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyo fanlari tizimi qatoridan alohida o‘rin egalladi.

Pedagogikaning bosh masalasi — tarbiyadir. Tarbiyaning keng ma’no-mazmuni — ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘lagan holda barkamol insonni voyaga yetkazishdir. Inson tarbiyasiga oid g‘oyalar, qoida va qonunlar dastlab qissalarda, pandnomalarda, yozma yodgorliklarda hamda hadislarda asoslab berilgan.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib, boyib borishida Sharq va G ‘arb qomusiy pedagog-olimlarining o‘rni kattadir. Faylasuf Forobiy o‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali insonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab berdi. Ibn Sinoning «Tadbir al-manzil», Umar Xayyomning ruboiylari, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Kaykovusning «Qobusnoma»si, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub»i ... inson ko‘nglini turli bilimlar xazinasiga aylantirdi va bu tilsim ichida Tangri o‘zini yashirdi. Insonning ajoyib jismi bir maxfiy sir xazinasi o‘laroq o‘zida ana shu ganj tilsimini saqlaydi, ya’ni Ollohning butun olamni yaratishdan ko‘zlagan maqsadi — Inson bo‘lib, u hamma mavjudotlar ichida tengi yo‘qdir.

G‘arbda Suqrot, Aristotel, Platon o‘z ijodiyotlarida, ayniqsa, Platon «Davlat», Aristotel «Siyosat» asarida, Yan Amos Komenskiy, I. G. Pistalotssi, Gerbart, K. D. Ushinskiylar o‘z ijodiy pedagogik faoliyatlarida pedagogikaning bosh masalasi — tarbiya muammosiga turlicha munosabat bildirib, pedagogika tarbiya haqidagi fan ekanligini asoslab berdilar. Ma’rifat darg‘asi Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida pedagogika faniga quyidagicha ta’rif bergan edi: «Pedagogika» tarbiya, ya’ni bola tarbiyasi fani demakdir. Ilmi axloqning asosi tarbiya... Bolaning salomati, sadoqati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, yosh vaqtida maslakini tuzatmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoqdir». Pedagogika komil insonni tarbiyalashda hayotiy tajribalarga suyangan holda yuksak ma’naviy mafkurani shakllantiruvchi qonun-qoida, tamoyil va usullarni o‘rganuvchi fandir.

Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kirib, o‘zining nazariy, milliy va amaliy asoslariga ega. Pedagogikaning milliy asosi ta’lim-tarbiya masalalarini har bir millatning o‘z milliy merosini umumbashariy, umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘lagan holda amalga oshirishdir. Har bir millatning o‘ziga xos meros va qadriyatlariga suyangan holda, tarbiyashunoslik masalalarini milliy asosda yosh avlodga yetkazish mazmuni, shakli, usuli, metod va tamoyillarini milliylashtirishdir.

Pedagogika fanining obyekti faqat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik asosini ta’minlovchi fan emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlaydigan keng sohalarni ham o‘z ichiga oladi (1- chizma).

«Pedagogika» fanining predmeti o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni qurollantiruvchi fan bo‘lganligi uchun uning metodolotik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning milliy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi (2- chizma).

«Pedagogika» fanining obyekti muayyan ilm sohasi yoki tarmoq ilmi tadqiqotlarini aniq bir majmuaga qaratishdir.

1-chizma. Pedagogikaning maqsad va vazifalari.

2-chizma. Pedagogikaning predmeti.

Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.

Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog'liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o'simliklarning ildizini kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o'rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug')ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo'lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma'lumotlarni berib, ularda amaliy ko'nikmalarni shakllantirganJar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o'zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo'lishi, shuningdek, urug' jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg'or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.

Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan kasalliklarni davolash, hayot kechirish uchun yetarli oziq-ovqatlarni jamlab olishga bo'lgan tabiiy ehtiyoj yoshlarga hayotiy tajribalarni ma'lum mehnat faoliyati yo'nalishida yetarlicha bilimga ega bo'lgan kishilar tomonidan berilishi maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi. Natijada bolalarga hayot tajribalarini o'rgatuvchi kishilar guruhi shakllandi hamda bolalarga ma'lum yo'nalishlar bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi.

Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.

Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.

Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiva deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.

Jamiyatning tabaqalanishi natijasida, quldorlik tuzumida bolalarni ta'lim maskanlariga olib borish va olib kelish vazifasini qullar bajarishgan va ular «pedagog» deb nomlanganlar. Ushbu tushunchaning ma'nosi «bola yetaklovchi» demakdir.

Tarixiy taraqqiyotning keyingi bosqichlarida bolalarga tizimli bilimlarni berish bilan doimiy shug'ullanuvchi kishilar aynan shu nom bilan atala boshlaganlar.

Feodalizm davrida aksariyat maktablar masjid (musulmon mamlakatlarida) yoki ibodatxonalar (Hindiston) qoshida tashkil etilgan. Bunday maktablarda yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham o'rgatilgan.

O'rta asrlar davrida, Sharqda akademiya ko'rinishidagi ta'lim muassasalari ham faoliyat yuritgan bo'lib, ular «Donishmandlar uyi» (IX asr, Bag'dod), «Ma'mun akademiyasi» (XI asrboshlari, Xorazm), observatoriyalar qoshidagi jamiyatlar (XV asr, Samarqane) tarzida nomlangan. Akademiyalarga turli fan yo'nalishlari bo'yicha kuchli bilimga ega bo'lgan qomusiy olimlar jalb etilgan bo'lib, ular tomonidan matematika, geodeziya, mineralogiya, meditsina, astronomiya kabi yo'nalishlarda keng ko'lamli tadqiqotlar olib borilgan.

O'rta asrlar hamda kapital ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyatlarda akademiya (Sharqda madrasa)lar ko'rinishidagi maktablarda ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, turli sohalar bo'yicha mukammal bilimga ega pedagoglarning faoliyat yuritishlariga alohida ahamiyat qaratilgan. Chunonchi, Muhammad Tarag'ay Ulug'bek tomonidan barpo etilgan madrasalarda o'z davrining taniqli olimlari — Ali Qushchi, Taftazoniy, Qozizoda Rumiy, Mavlono Muhammad, G'iyosiddin Jamshid Koshiy, Muiniddin Koshiy hamda Mansur Koshiylar talabalarga ta'lim berganlar.

XIX asr oxiri hamda XX asr boshlarida yuzaga kelgan jadidizm harakatining asoschilari, taniqli ma'rifatparvarlar — Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Avloniy, Abduqodir Shakuriy, Ismatulla Raxmatullayev, Abdurauf Fitrat, Isohxon Ibrat va boshqalar aholi orasida nafaqat murabbiy, balki ma'naviy yetuk inson sifatida ham nom qozondilar. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo'lida olib brogan harakatlari tarbiya g'oyalarining shakllanishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo'lib hayot kechirishi sababli boJalarga tirikchilik o'tkazish yo'lidagi faoliyat (o'simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o'rgatish guruh a'zolari tomonidan birdek amalgam oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o'yin jarayonlarida o'zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo'lganligi bois o'g'il va qiz bolalarni tarbiyalashda o'ziga xos jihatlar ko'zga tashlangan. Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo'lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o'zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo'lishiga olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo'lga qo'yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi flkrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o'rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang'ich asoslar qo'yildi.

Quldorlik tuzumida erkin bo'lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.

Quldorlik tuzumi o'rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g'oyalar feodallar manfatlarini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g'oyalar yetakchi o'rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G'arbda cherkov, Sharqda esa masjidlar)ning roli osha borib, bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g'oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ'ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko'zga tashlangan bo'lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko'lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi keskin chora ko'rish ehtiyoji ilmiy bilimlarni rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustahkam o'rin olgan Sharq Uyg'onishi deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi — o'rta asrlar davrida sodir boidi. Sharqda buyuk allomalar - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg'oniy, G'arbda esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog'lom, antik dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o'zlashtira olgan shaxsni tarbiyalash g'oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi.

Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo'lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg'or, progressiv pedagogik g'oyalar ilgari surildi. Aksariyat g'oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qarash o'z ifodasini topdi.

Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Bu o'rinda pedagogika fani rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shgan mutafakkirlar: G'arbda — Ya.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo, F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy, Sharqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.Shakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat, H.H.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Behbudiylar shaxsga ta'lim berish va uni tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanada boyitdilar hamda ta'lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tatbiq etish, o'qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g'oyalarni ilgari surdilar.

Sobiq Sho'ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta'lim muassasalari tizimi shakllantirildi, shuningdek, har tomonlama (gormonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g’oyalarini amaliyotga tatbiq etishning puxta asoslangan mexanizmi yaratilmadi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot yo'li demokratik, insonparvar va huquqiyjamiyatni barpo etishdan iboratligi e'tirof etilib, «Ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to'la xalos etish»' davlat siyosatining usluvoryo'nalishlaridan bin deya belgilandi. Asosiy e'tibor yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.

Pedagogik fanlar tizimi.

Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga mos pedagogika tarmoqlari mavjud (4- chizma).

Jumladan, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, umumiy ta’lim pedagogikasi, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, ishlab chiqarish ta’limi pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiya kabilar. Bulardan tashqari, defektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika fani ham shakllandiki, bu maxsus o‘quv maskanlari o‘qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o‘qitish va tarbiyalash), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish), logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o‘qitish) masalalari bilan shug‘ullanadi. Pedagogika fanlar tizimining muhim tarmog‘i bo‘lgan aniq fanlarni o‘qitish va o‘rganish qonuniyatlarini o‘rgatuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari beqiyosdir. Har bir fanning o‘ziga xos usullari mavjud. Ba’zan bu fanni xususiy metodika, ya’ni uslubiyot deb atashlari ham bejiz emas.

Keyingi yillarda oila pedagogikasi, kasb-hunar ta’limi pedagogikasi, harbiy pedagogika, sport pedagogikasi kabilar shakllanmoqda. Pedagogika bundan keyin ham mustaqil fan sifatida shakllanib boraveradi.

4-chizma. Pedagogikaning asosiy tarmoqlari tizimi.

Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Pedagogika fani ham boshqa fanlar singari yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. «Pedagogika» tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. U ham ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi va o‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli etika, estetika, falsafa, tarix, psixologiya, sotsiologiya fanlari bilan uzviy munosabatdadir (6- chizma).

6-chizma. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan munosabati.

Har qanday pedagogik faoliyatning pirovard maqsadi yosh avlodda turli dunyoqarashni shakllantirishdir, shu bilan birga dialektikaning umumiy qonunlari har qanday inson faoliyatida eng umumiy metodologik asos rolini bajaradi, shu bois pedagogika to‘g‘ridan-to‘g‘ri falsafa bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri fikrlashni, o‘z fikrini tushunchalar orqali to‘g‘ri va aniq ifoda etishni mantiq (logika) fani o‘rgatganligi tufayli o‘qituvchilar turli fikrni shakllantirish usullarini yaxshi bilishlari lozim.

Pedagogika umumiy psixologiya va yoshlar psixologiyasi bilan ham uzviy bog‘langan. Psixologiya shaxsning turli yoshdagi ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini, ta’lim-tarbiya ta’sirida inson ruhiyatining o‘zgarish mexanizmini tushuntiradi. Shunday ekan, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog tarbiyalanuvchilarning ruhiy rivojlanishini, shaxsiy sifatlarini o‘rganishi lozim. Shundagina samarali ta’sir ko‘rsata oladi.

O‘quvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish uchun ular o‘zlari yashayotgan hududning, tumanning, unda istiqomat qilayotgan xalqlarning yashash tarzi, tarixini bilishlari lozim. Pedagog ta’limtarbiyani millat tarixiga bog‘lab o‘tsa, ularda milliy g‘urur paydo bo‘la boshlaydi. Buning uchun pedagog tarixni yaxshi bilishi kerak.

Pedagog turli ijtimoiy guruhlar bilan ishlaydi. Har bir ijtimoiy guruhning o‘ziga xos ijtimoiy qobig‘i mavjud. Dars jarayonida bularni hisobga olish zarur. Demak, pedagogika sotsiologiya bilan ham bog‘liq.

Dars berish bilan birga tarbiyaviy ishlarni ham amalga oshirish kerak. Buning uchun pedagog ta’lim-tarbiya ishlarini darsdan tashqari olib borishni ham rejalashtirishi mumkin. Bu ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish usullarini tarbiyaviy ish metodikasi (TIM) fani o‘rganadi. Ko‘rib turibmizki, pedagogika axloq, odobshunoslik, tarbiyashunoslik fanlariga ham uzviy bog‘liqdir. Shuni aytib o‘tish joizki, pedagogika fani nopedagogik oliy o‘quv yurtlarida faqatgina ijtimoiy fanlar bilangina emas, balki texnika fanlari bilan ham uzviy bog‘liq holda olib boriladi.

Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.

Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.

Bizga yaxshi ma’lumki, har bir fan o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega. Aynan mana shu holat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot va rivojlanish.

Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Ta’lim – o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.

Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.

Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.

Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.

Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon

Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.

Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g'oyasi, mazmuni hamda natijalari hisobiga ta'minlanadi. Ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonining keskin rivojlanishi, shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beruvchi omil hamda pedagogik shart-sharoitlarni aniqlash, jamiyat va shaxs ma'naviyatiga ziyon yetkazuvchi holatlarni bartaraf etishni taqozo qiladi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o'rganish, mavjud ko'rsatkichlar vositasida ularning sodir bo'lish sabablarini o'rganish, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator obyektiv va subyektiv omillarga bog'liq. jylazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul, ayni vaqtda samarali bo'lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.

Pedagogik ilmiv-tadqiqot metodlari shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.

Ayni vaqtda, O'zbekiston Respublikasida pedagogik yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar dialektik yondashuvga asoslanadi. Pedagogik hodisa, voqelik va ularning qonuniyatlarini aniqlashga bunday yondashuv pedagogik hodisa va jarayonlarning umumiy aloqasi, ularning izchil, uzluksiz rivojlanishi, bolaning fiziologik rivoji uning psixologik, intellektual jihatdan takomillashtirib borishini ta'minlashi, qarama-qarshiliklarning shaxs kamolotini ta'minlashdagi o'rni va roli, shuningdek, dialektika kategoriyalarining ahamiyatini e'tirof etadi.

Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, muayyan muddatni taqozo etuvchi, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik hamda aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega bo'lgan jarayon bo'lib, uning samarali bo'lishi uchun bir qator shartlarga rioya etish zarur. Ular quyidagilardir:

1. muammoning dolzarbligi va mavzuning aniq belgilanganligi;

2. ilmiy farazlarning to'g'ri shakllantirilganligi;

3. vazifalarning tadqiqot maqsadi asosida to'g'ri belgilanganligi;

4. tadqiqot metodlar tizimiga nisbatan obyektiv yondashuv;

5. tajriba-sinov ishlari jarayoniga jalb etiluvchi respondentlarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlari, shuningdek, shaxs rivojlanishi qonuniyatlarining to'g'ri hisobga olinganligi;

6. tadqiqot natijalarini oldindan tashxislash va uning natijalarini aytib o'tish;

7. tadqiqot natijalarining kafolatlanganligi.

Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlarni olib oorishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

1- Pedagogik kuzatish metodi.

2. Suhbat metodi.

3. Anketa metodi.

4. Intervyu metodi.

5. Ta'lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.

6. Test metodi.

7. Pedagogik tahlil metodi.

8. Bolalar ijodini o'rganish metodi.

9. Pedagogik tajriba metodi. Matematik-statistik metod.

Pedagogik kuzatish metodi. Uni qo'llash jarayonida, ta'Iim muassasalarining o'quv-tarbiya ishlari jarayonini o'rganish asosida tadqiq etiiayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba— avvali va yakunida qo'Jga kiritilgan ko'rsatkichlar o'rtasidagi farq to'g'risidagi ma'iumotga ega bo'linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o'ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo'lga kiritish murfikin. Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, o'quvchi shaxsini shakliantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning ahamiyati yanada oshadi. Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo'l qo'ymaslik muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:

1. kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;

2. kuzatishni tizimli ravishda yo'lga qo'yish;

3. kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;

4. har bir holatning mohiyatini sinchiklab o'rganish;

5. xulosa chiqarishga shoshilmaslik.

Suhbat metodi. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo'lingan ma'lumotlarni boyitish, mavjud holatga to'g'ri baho berish, muammoning yechimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga jalb etishga yordam beradi. Suhbat maqsadga muvofiq holda individual, guruhli hamda ommaviy shaklda o'tkaziladi. Suhbat jarayonida respondentlarning imkoniyatlari to'la-to'kis namoyon bo'lishiga erishish muhimdir. Uning samarali bo'lishi uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:

1. maqsaddan kelib chiqqan holda suhbat uchun belgilanuvchi savolJarning mazmunini aniqlash hamda savollar o'rtasidagi mantiqiylik va izchillikni ta'minlash;

2. suhbat joyi va vaqtini aniq belgilash;

3. suhbat ishtirokchilarining soni xususida ma'lum to'xtamga kelish;

4. suhbatdosh to'g'risida avvaldan muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish;

5. suhbatdosh bilan samimiy munosabatda bo'lish;

6. suhbatdoshning o'z fikrlarini erkin va batafsil ayta olishi uchun sharoit yaratish;

7. savollarning aniq, qisqa va ravshan berilishiga erishish;

8. olingan ma'lumotlarni o'z vaqtida tahlil qilish.

Anketa metodi (fransuzcha — tekshirish). Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to'plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan niuioqotni tashkil etishga asoslanadi. Anketa savollariga javoblar, ko'p hollarda, yozma ravishda olinadi. O'rganilayotganjarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo'ladi:

1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

Anketa metodini qo'llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur. Ular quyidagilardir:

1. anketa savollari tadqiq etiiayotgan muammoning mohiyatini yoritishga xizmat qilishi lozim;

2. anketa savollari yirik hajmli va noaniq bo'lmasligi kerak;

3. anketa savollari o'quvchilarning dunyoqarashi, yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish asosida tuzilishi zarur;

4. anketa savollari respondentlar tomonidan to'la javoblar berilishini ta'minlovchi vaqtni kafolatlay olishi zarur;

5. anketa o'quvchilarning pedagogik va psixologik tavsifnomalarini tuzish manbayiga aylantirib yuborilmasligi zarur;

6. anketa javoblari muayyan mezonlar asosida puxta tahlil etilishi shart.

Intervyu metodi respondent tomonidan tadqiq etiiayotgan muammoning u yoki bu jihatini yorituvchi hodisaga nisbatan munosabat bildirilishini ta'minlaydi. Intervyu respondent e'tiboriga turkum savollarni havola etish asosida o'tkaziladi. Intervyu jarayonida olingan savollarga nisbatan tadqiqotchi tomonidan munosabat bildirilishi uning samarasini oshiradi.

Ta’lim muassasasi huiiatlarini tahlil qilish metodi. Pedagogik hodisa Va dalillarni tekshirish maqsadida ta'Iim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma'lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Vlazkur metod O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarining ta'Iim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o'rganish, bu boradagi faollikdarajasi, erishilgan yutuq hamda yo'l qo'yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg'or tajribalarni ommalashtirish va ta'lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo'llaniladi.

Ta'lim muassasasi faoliyati mohiyatini yorituvchi huiiatlar quyidagilardan iborat: O'quv mashg'ulotlarining jadvali, o'quv dasturi, guruh (yoki sinf) jurnallari, o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, buyruqlar, Pedagogik Kengash yig'ilishi bayonnomalari yozilgan daftar, Pedagogik Kengash qarorlari, ta'lim muassasasi smetasi hamda pasporti, tarbiyaviy ishlar rejasi, o'quv-tarbiya ishlarini tashkil etish borasidagi hisobotlar, ta'lim muassasasi jihozlari (o'quv partalari, stol-stullar, yumshoq mebellar va hokazolar) qayd etilgan daftar va hokazolar.

Mazkur metod muayyan yo'nalishlarda o'quv-tarbiya ishlari samaradorligi darajasi, o'quvchilarda hosil bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar hajmi, ilg'or pedagogik tajribalar mazmunini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.

Test metodi. Ushbu metod respondentlartomonidan muayyan fan sohasi yoki faoliyat (shu jumladan, kasbiy faoliyat) bo'yicha o'zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko'nikma, malakalar darajasini aniqlashga xizmat qiladi. Test o'z mohiyatiga ko'ra quyidagi savollardan iborat:

1. ochiq turdagi savollar (respondentlarning erkin, batafsil javob berishlari uchun imkon beruvchi savollar);

2. yopiq turdagi savollar (respondentlar «ha», «yo'q», «qisman» yoki «ijobiy», «qoniqarli», «salbiy» va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlash orqali savollarga javob beradilar).

3. to'g'ri javob variantlari qayd etilgan savollar (respondentlar o'z yondashuvlariga ko'ra to'g'ri deb topgan javob variantini belgilaydiiar).

Test metodini qo'llashda aniqlanishi zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarni turkum asosida berilishiga e'tibor berish maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodning afzalligi respondentlar javoblarini aniq mezonlar bo'yicha tahlil etish imkoniyati mavjudligi hamda vaqtning tejalishi bilan tavsiflanadi. Biroq, metod ayrim kamchilikdan ham holi emas. Chunonchi, aksariyat holatlarda javoblar yozma ravishda olinadi, shuningdek, respondent taklif etilayotgan javob variantlardan birini tanlashi zarur. Shu bois respondent o'z fikrini batafsil ifoda etish imkoniyatiga ega emas.

Pedagogik tahlil metodi. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo'llashdan ko'zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo'nalishlarda o'rganilganlik jarajasini aniqlashdan iborat bo'lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g'oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.

Bolalar ijodini o'rganish metodi. Mazkur metod o'quvchilarning muayyan yo'nalishlardagi layoqati, qobiliyati, shuningdek, ma'lum fan sohalari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash maqsadida qo'llaniladi. Uni qo'llashda o'quvchilarning ijodiy ishlari - kundaliklari, insholari, yozma ishlari, referatlari, hisobotlari muhim vosita boiib xizmat qiladi. Metodning afzalligi shundaki, u ma'lum o'quvchiga xos bo'lgan individual imkoniyatni ko'ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.

Bolalar ijodini o'rganishning quyidagi shakllari mavjud:

1. fan olimpiadalari;

2. turli mavzulardagi tanlovlar;

3. maktab ko'rgazmalari;

4. festivallar;

5. musobaqalar.

Pedagogik tajriba (eksperiment — lotincha «sinab ko'rish», «tairiba qilib ko'rish») metodi. Pedagogik tajriba metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o'rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishni kafolatlay olishi, ilgari surilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o'z in'ikosiga ega boia olishi hamda samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Muayyan muammo yechimini topishga yo'naltirilgan pedagogik tajriba ma'lum doirada, soni aniq belgilangan respondentlar ishtirokioa amalga oshiriladi. Mazkur metoddan foydalanish tadqiqotchi tomonidan ilgari surilayotgan maxsus metodikaning samaradorligini aniqlay hamda unga baho bera olishi zarur.

Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:

Pedagogik tajriba ham bir qator shartlarga amal qilgan holda tashkil etiladi. Xususan:

1. tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi;

2. tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi;

3. tadqiqot obyektlari va usullarining to'g'ri tanlanishi;

4. tajriba o'tkazilish vaqti hamda davomiyligining aniqlanishi;

5. zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi;

6. taj'riba ma'lumotlarini umumlashtirish, tahlii qilish va natijalarni qayta ishlash.

Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib uinumiy xulosaga kelinadi va ilrniy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Matematik-statistik metod tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qoilaniladi, muammo holatini ifodalovchi ko'rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlii etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda, pedagogik yo'nalishda, tadqiqotlar olib borishda Styudent, Ko'virlyag, Rokich, V.P.Bespalko hamda V.V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.

Raqamli Pedagogika Asoslari mavzusi bo'yicha test

1. Raqamli pedagogika qanday tushuniladi?

“Pedagogika” so‘zi qaergan olingan va u nimani anglatadi?

Pedagogikaning bosh masalasi nima?

Pedagogika fani insonning qanday jihatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan?

Quyidagi asarlardan qaysi biri pedagogikaning rivojiga bevosita ta’sir qilgan emas?

Abdulla Avloniy pedagogika fani haqida qanday ta’rif bergan?

G‘arbdagi qaysi faylasuf pedagogikaning bosh masalasi – tarbiya ekanligini ta’kidlagan?

Pedagogika fani haqida qaysi jumla to‘g‘ri?

Tarbiya haqidagi dastlabki g‘oyalar qayerda asoslangan?

Quyidagilardan qaysi biri pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga kirmaydi?

Shaxs qanday ta’riflanadi?

Tarbiya jarayonining mohiyati nima?

Pedagogik kuzatish metodining asosiy xususiyati nima?

Pedagogik tadqiqotlarda dialektik yondashuv nimani ta’kidlaydi?

Pedagogik tadqiqot natijalarini qanday ta’minlash kerak?

Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi

Reja:

  • Pedagogika fanining maqsad va vazifalari.
  • Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
  • Pedagogik fanlar tizimi.
  • Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • Pedagogika fani va uning asosiy kategoriyalari.
  • Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.

“Individ” va “shaxs” tushunchasi.

Dunyoga kelgan go‘dak ma’lum yoshga qadar individ sanaladi. «Individ» — lotincha «individuum» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘linmas», «ayrim shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi. Individ biologik turga kiruvchi alohida tirik mavjudotdir.

Shaxsning shakllanishida harakat o‘ziga xos omil sanaladi. Go‘dak (chaqaloq) ham turli harakatlarni bajaradi, biroq bu harakatlar keyinchalik shartli reflekslar bo‘lib, ongli ravishda emas, balki shartsiz va shartli qo‘zg‘atuvchilarga javob tarzida yuz beradi.

Go‘dakda nutq paydo bo‘lishi, shuningdek, u bajarayotgan harakatlar ongli ravishda sodir bo‘la boshlashi va albatta, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki shaxs shakllanishining dastlabki bosqichi sanaladi.

Shaxc deganda muayyan jamiyatning a’zosi tushuniladi. Odam shaxs bo‘lmog‘i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o‘z xususiyati va sifatlari bilan boshqalardan ajralib turishi lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. U o‘zining xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga nisbatan shaxsiy munosabati bilan boshqalardan farqlanadi. Bular shaxsning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Mazkur xususiyatlar rivojlanib, ma’lum bir bosqichga yetsagina, u mukammal shaxs sifatida namoyon bo‘ladi va ijtimoiy munosabatlar jarayonida o‘z o‘rnini topadi.

Shaxs nomini olish uchun nimalar kerak, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Buning uchun odamga ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari (muhit) va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular hamda nasliy xususiyatlarning takomillashib borishi odamning rivojlanib, shaxs sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlaydi. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishi uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishi ning umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etadigan omillarni, rivojlanish jarayoniga aloqador bosqichlarni aniqlashi kerak. Shuningdek, shaxs faolligining o‘rni va rolini ham o‘rganishi lozim.

Biz yuqorida «rivojlanish» tushunchasini juda ko‘p ishlatdik. Endi ushbu tushunchaga atroflicha yondashib, ta’rif berishga harakat qilamiz. Odam biologik mavjudot sanaladi, uning rivojlanishiga tabiiy qonunlar, biologik va ijtimoiy qonuniyatlar ta’sir etadi, insonning kamol topishiga zamin yaratadi. Bulardan tashqari, komil inson bo‘lib yetishuvda aniq maqsad uchun bo‘lgan xatti-harakat, iroda sifatlari asosida ayrim nuqsonlarning bartaraf etilishi, qiyinchiliklarni yengib o‘tishga bo‘lgan ishonch ham muhim ahamiyatga ega.

Anatomik va fiziologik xarakterdagi o‘zgarishlar, ya’ni odam bo‘yining o‘sishi, gavda og‘irligining ortib borishi, gavda tuzilishining o‘zgarishi, qon bosimi, o‘pka siqishi, tayanch-harakat apparatining holati va boshqalar jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir.

Bola ruhiyatidagi o‘zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so‘z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqalar ruhiy-psixologik rivojlanishga taalluqlidir.

Shaxs rivojlanishida u yoki bu faoliyat turlari (o‘yin, o‘qish, mehnat va boshqalar), turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo‘naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo‘lishi, ularning samaradorligi va h. k.), shuningdek, muomala hamda kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosobatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga bo‘ysunish, ijtimoiy burchni anglash, unga nisbatan mas’ullik kabi xususiyatlar ham muhim ahamiyatga egadir. Shaxsning shakllanishida shaxsiy xislat va sifatlarning rivojlanib, taraqqiy etib borishi ham muhim. Mana shu sifatlarni anglash va ularni to‘g‘ri aniqlash uchun uni turli munosabatlar jarayonida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

Demak, shaxs ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo‘lib, ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudotdir (1- chizma).

Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug‘ma va keyin hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik xususiyatlar, faoliyat va xatti-harakatning miqdoriy va sifatiy o‘zgarishi jarayonidir.

Pedagogikada «Shaxs» tushunchasi «Inson» tushunchasidan farqli o‘laroq, insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi, ya’ni odamlar bilan muomalada bo‘lishi, munosabat o‘rnatishi natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ikki xil xususiyatga ko‘ra rivojlanib boradi:

1. Ruhiy xususiyatlarning rivojlanishi. Bunga aql, diqqat, harakat, iroda, xotira va h. k. kiradi. Hayotda o‘z o‘rnini topa olish, Vatani va xalqining ravnaqi yo‘lida og‘ishmay, e’tiqod bilan xizmat qilish, imonli bo‘lish insonni shaxs darajasiga ko‘taradi. Bunday sifatlarning ro‘yobga chiqishi, albatta, tarbiyaga bog‘liq.

2. Jismoniy rivojlanish. Bu rivojlanish jarayonida u turli o‘zgarishlarni, jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o‘zgarishlarini o‘z boshidan kechiradi. Insonda bo‘ladigan jismoniy o‘zgarishlarga bo‘yining o‘sishi, vaznining og‘irlashib borishi, suyak va mushak qismlari, ichki a’zolari va asab tizimining o‘zgarib borishi kabilar kiradi.

1-chizma. Shaxsni shakllantirishning psixologik va pedagogik asoslari.

Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi.

Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.

Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.

Bola Shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.

Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.

Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.

Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.

Ijtimoiylashuv – inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o’zlashtirilishi jarayoni. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy madaniyat an’analarining o’zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning butun umri bo’yi davom etadi, biroq bu jarayon bolaning ikki yoshdan olti yoshgacha bo’lgan davrida boshlanadi. Mazkur davrda bola madaniy qadriyatlarni o’rganish jarayonidan uzib qo’yilsa, ijtimoiylashuv jarayoni to’xtab qoladi. Insonning madaniy an’analarni o’zlashtirishi jarayoni uning individualligining shakllanishi bilan hamohangdir. Ijtimoiylashuvning ijtimoiy funksiyalari quyidagilar:

1) ijtimoiy-tarixiy jarayon subyektini Shakllantiradi;

2) madaniyat va sivilizasiya taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi;

3) individni ijtimoiy muhitga moslashtirish orqali jamiyatning to’qnashuvlarsiz taraqqiy etishiga zamin yaratadi.

Shaxs rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarning o’rni muhim sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar – odamlar o’rtasida turli aloqalar bo’lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma’naviy faoliyati natijasida qaror topadi.

Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit, tarbiyaning o’rni.

Irsiyat — bu ota qoni yoki ajdodlarga xos bo‘lgan biologik xususiyat va o‘xshashliklarning naslga (bolaga) o‘tish jarayonidir.

Nasldan-naslga o‘tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilishi (masalan, yuz tuzilishi), organlar holati, qad-qomat, asab tizimi xususiyatlari, teri, soch hamda ko‘zlarning rangi, shuningdek, nutq va tafakkur.

Ixtiyoriy harakat va amallar, vertikal holatda yurish, mehnat (ijod) qilish qobiliyati va boshqa iste’dod alomatlari ham nasldannaslga o‘tadi. Iste’dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat yoki ijod turiga yo‘naltirilgan emas. Bu alomatlar muayyan faoliyatga omillikni aks ettiradi, xolos.

Ma’lum oilada tarbiyalanayotgan bolada ajdodlariga xos iste’¬ dod nishonasi aks etganda, aynan ana shu iste’dodning shakllanishida muhim rol o‘ynagan, uning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlarga ega oila muhitini nazardan chetda qoldirmaslik lozim.

Fiziologiya va psixologiya fanlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ro‘yobga chiqishi va rivojlanishi uchun manba bo‘lgan — layoqat bilan tug‘iladi. Layoqat go‘yo «mudroq» holatda bo‘lib, uning «uyg‘onishi» va rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.

Shaxs xarakteri ayrim ko‘rimshlarming nasldan-naslga o‘tishi xususida ham qobiliyat nishonalarining avlodlar timsolida takrorlanishi borasidagi fikrlarni aytish mumkin. Shaxs muayyan ijtimoiy tuzum mahsulidir. Uning mohiyatini ijtimoiy munosabatlarning majmuyi tashkil etadi va u yashayotgan ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarixiy sharoit belgilaydi. Shaxsning hayotiy faoliyati sodir bo‘ladigan ijtimoiy muhit unga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ya’ni ijtimoiy jamiyat shaxs imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jamiyatning ma’naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.

Muhit — shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam (voqelik, hodisalar) majmuyidir. «Muhit» tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi.

Mikromuhit ham o‘zida qisman ijtimoiy muhitning mazmunini aks ettiradi va ayni choqda u nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab, do‘stlar, tengqurlar, yaqin kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy, rivojlantiruvchi (progressiv) va mahv etuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta rivojlanishi, aks holda esa bunday muhit yo‘q bo‘lishi yoki «mudroq»ligicha qolib ketishi ham mumkin. Bundan tashqari, odob, axloq kabi xulqiy sifatlar — shaxsning barcha ruhiy sifatlari faqat muhit va tarbiyaning o‘zaro ta’siri asosida vujudga keladi.

Pedagogika va psixologiya fanlari ijtimoiy muhit, shaxsning shakllanishi jarayoniga alohida e’tibor beradi hamda ijtimoiy voqea va hodisalarning shaxs rivojiga ta’siri g‘oyat muhim ekanligini ta’kidlagan holda, ular ijtimoiy muhit emas, balki ijtimoiy-tarixiy qonuniyatlar ta’siri ostida o‘zgarib boradi, deya ta’kidlaydi.

Oila muhiti — mikromuhit ham o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shu bois mustaqillikka erishganimizdan so‘ng o‘tgan davr mobaynida oila muhitining shaxs kamolotida tutgan o‘rni va roli masalalari chuqur tahlil etilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilgan «Oila» ilmiy markazi oilaning bu boradagi imkoniyatlarini ochib berish borasida samarali faoliyat olib bormoqda.

Oila muhiti hamda ijtimoiy muhit o‘rtasida o‘zaro ta’sir, ikki tomonlama aloqa mavjud. Mavjud ijtimoiy muhit bolaning o‘sib borayotgan ongiga ta’sir etadi, ijtimoiy tuzum darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, shaxsga nisbatan ongli ta’siri ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ushbu ta’sir ijtimoiy jamiyatdagi mavjud tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tarbiya — biror maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, u muayyan reja, dastur g‘oyalari asosida maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar tomonidan tashkil etiladi.

Tarbiya ijtimoiy muhit orqali keladigan tarbiyaviy ta’sirlarning barchasi bilan bog‘liq bo‘lib, bunda qulay, samarali omillardan foydalaniladi, salbiy ta’sirlarning kuchi ma’lum darajada kamayadi.

Muhitning ta’siri stixiyali, tarbiyaning ta’siri esa maqsadga muvofiqdir. Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:

1. Kishi organizmining o‘sishi sodir bo‘ladi, muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsalar o‘rganiladi. Masalan, bola o‘z ona tilini atrofni o‘rab turgan muhit ta’sirida o‘rganib olishi mumkin, lekin o‘qish va yozishni maxsus ta’lim yo‘li bilangina o‘rganadi. Ma’lum bilim, ko‘nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.

2. Tarbiya yordamida hatto kishining ba’zi tug‘ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin. Chunonchi, ba’zi bolalar ayrim kamchiliklar bilan tug‘iladi (kar, ko‘r, soqov va hokazo). Ammo maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida ularning aqli to‘la taraqqiy qilishi, tug‘ma kamchiligi bo‘lmagan kishilar bilan barobar faoliyatda bo‘lishi mumkin.

3. Tarbiya orqali muhitning salbiy ta’siri natijasida yuz bergan kamchiliklarni ham tugatish mumkin (bolalarning qimor o‘ynashi, so‘kishi...).

4. Tarbiya istiqbol maqsadini belgilaydi. Shu bois u shaxs kamolotini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.

Tarbiyaning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bola shaxsining o‘ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta’sirini hisobga olishga bog‘liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bola yashashga majbur bo‘lgan mikromuhit mazmuni uning rivojlanishiga ta’sir etuvchi kishilar va ular bilan o‘rnatilgan aloqa mohiyatini belgilaydi. Bola oila a’zolari, tarbiyachi, o‘qituvchi, o‘rtoqlari, oilaga yaqin kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Ushbu aloqalar bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Bolaga ularning ta’siri aloqa orqali bo‘ladi. Yana shu aloqa asosida bola ajdodlar tajribasini o‘zlashtiradi, o‘zi uchun andaza tanlaydi.

Bolalar va kattalar o‘rtasidagi aloqa faol jarayondir. Mazkur jarayonda kattalar faqatgina o‘rgatuvchi bo‘lib qolmasliklari lozim. Bolaning bu jarayondagi faol ishtirokini ta’minlashga alohida ahamiyat berish kerak. Shundagina u o‘z harakatlarini o‘zi idora qilishga, o‘z faoliyati mazmunini tahlil qilishga o‘rganadi. Bola fikrlasa, o‘ylasa, uning ongi o‘sadi. Ijtimoiy munosabatlar jarayonida nutq rivojlanadi. Chunki mana shu vaziyatda bola savollar bera boshlaydi, kuzatadi, mulohaza yuritadi. Hayotiy voqea-hodisalarni tushunishga, yaxshini yomondan ajratib olishga, o‘z harakatlarini davr talabiga moslashtirishga urinadi. Har bir ijtimoiy jamiyatda tarbiyaning maqsad va vazifalari, axloq me’yorlari, madaniy boyliklar, jamiyat a’zolarining didi, axloqiy qarashlari, dunyoqarashlari, e’tiqodlari o‘zgarib boradi va bular tarbiya vositasida bolalar ongiga singdirib boriladi.

Bola shaxsining rivojlanishi uchun faol kundalik faoliyat zarur. Faoliyat yordamidagina bola atrof-muhit bilan munosabatni tashkil etadi, shular orqali uning bilish qobiliyati rivojlanadi, xarakter sifatlari takomillashib boradi.

5. Inson kamol topishining jarayonini faqat irsiyat, ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiyaga bog‘lab o‘rganish, talqin qilish haqiqatga unchalik to‘g‘ri kelmaydi. Chunki ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o‘zi ham faol ishtirok etadi.

Aytish mumkinki, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya shaxsning o‘zi faol ishtirok etgandagina uning tug‘ma layoqatini uyg‘otadi, iste’dod, qobiliyatlarini o‘stira oladi. Agar kishi o‘z ishini sevsa, uning shu sohadagi iste’dodi tezroq va kuchliroq ro‘yobga chiqa boshlaydi.

Qobiliyat va iste’dodning ro‘yobga chiqishida insonning muayyan faoliyatga qiziqishi bilan bir qatorda, uning o‘z ustida ishlashi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’dodli kishilar o‘z iste’dodlarini — iqtidor kuchlarini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘z ustlarida tinmay ishlashlari, mehnat qilishlari shart. Masalan, mashhur grek notig‘i Demosfenning (eramizdan oldingi IV asr) omma orasidagi dastlabki nutqlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Demosfen duduq, ovozi xasta, qisqa-qisqa nafas oladigan kishi edi. U doimo bir yelkasini ko‘tarib turardi. Demosfen mana shu kamchiliklarini tuzatish uchun o‘zi ustida tinimsiz ishladi: og‘ziga mayda toshlar va sopol parchalarini solib, so‘zlarni talaffuz qilishni mashq qildi, dengiz bo‘yida to‘lqinlar shovqinida nutq so‘zladi, qoyalarga chiqib baland ovoz bilan she’rlar o‘qidi, oyna oldida turib yuz harakatlarini bir maromga keltirdi. Uy shiftiga qilichni osib qo‘ydi, u odati bo‘yicha yelkasini har ko‘targanda yelkasiga qilich sanchilar edi. Demosfen haftalab uydan chiqmasdan notiqlikni o‘rganish uchun sochining yarmini qirdirib tashladi.

Bunga o‘xshash misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiy, Ibn Sinolarning qunt bilan, hatto kechalari uxlamasdan kitob mutolaa qilganlari-yu Amir Temurning harbiy san’atni egallash borasidagi mehnatlari fikrimizning dalilidir.

Mashhur kishilar hayotini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ularning ijodiy faoliyatlaridagi asosiy narsa — uzluksiz izlana bilish, oylab, yillab o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad uchun intilish, kurashish, unga yetish yo‘llarini izlashdan charchamaslik maqsadga erishish yo‘lidagi muhim omildir. Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyati davrida o‘quvchilarga ta’limtarbiya berish bilan birga, ularning o‘z oldiga maqsad qo‘yishlari va uni ro‘yobga chiqarishlariga yordamlashish, tinmay izlanish va mehnat qila olish qobiliyatlarini, kuchli iroda va qat’iy xarakterni tarbiyalab borishlari lozim.

Tabiiyki, o‘quvchilarning o‘z maqsadlariga erishishlari uchun maktabda olgan bilim, ko‘nikma va malakalari kamlik qiladi. Ular yuksak maqsad yo‘lida o‘z ustlarida tinmay izlanishlari, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishlari lozim.

Baxtga qarshi, maktab o‘qituvchilari orasida bolalar tarbiyasida muhim o‘rin tutuvchi omillar va ularning ahamiyatini bilmaydigan yosh o‘qituvchilar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim o‘qituvchilar ulgurmovchi, o‘qishdan orqada qoluvchi o‘quvchilardan qutulish yo‘llarini, ya’ni ularni yo sinfda qoldirish, yoki boshqa maktabga o‘tkazish yo‘llarini qidiradilar va bunga erishadilar ham. Bu kabi choralarni qo‘llash bilan biz o‘quvchilar tarbiyasini tashkil etishda ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz.

Fanlarda o‘zlashtira olmagan o‘quvchilarni qobiliyatsiz deyish xato. O‘qituvchining birinchi galdagi vazifasi — har bir o‘quvchisining yosh va psixologik xususiyatini chuqur o‘rganish, uning qiziqishi va istaklarini aniqlash, ularni hisobga olgan holda pedagogik chora-tadbirlarni ko‘rishdir. Umuman, pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirilgan har qanday faoliyat bola shaxsining aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy hamda irodaviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.

Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta’lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga muvoliq kelishi muhimdir. O‘qituvchi o‘qituvchilarning ruhiy xususiyatlari bilan birga, yosh xususiyatlarini ham bilishi, ma’¬ lum yoshdagi o‘quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olish asosida faoliyatlarini tashkil etishi lozim. Shaxsning aqliy va jismoniy kamolotida doimo ilgariga qarab rivojlanish ro‘y beradi. Bolaning jismoniy va ruhiy kamoloti qaror topib borar ekan, u bir qancha bosqichlarni bosib o‘tadi (8- chizma).

2- chizma. Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar

Yuqorida bayon etilgan fikrlarga asoslanib, quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:

1. Shaxs ongli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi ijtimoiy mavjudot bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar mahsuli sanaladi.

2. Shaxsning shakllanishi biologik (irsiy), ijtimoiy omillar hamda tarbiyaga bog‘liqdir.

3. Shaxsning shakllanishida faoliyat o‘ziga xos, muhim xususiyatga ega. Zero, shaxs faoliyat yordamidagina ijtimoiy borliq bilan bo‘ladigan munosabatni yo‘lga qo‘yadi, shu asosda uning bilish qobiliyati rivojlanadi.

4. Shaxs jismoniy va psixologik jihatdan kamol topib borar ekan, fiziologiya, pedagogika va psixologiya fanlarida «yosh davrlari» deb nomlangan bosqichlarni bosib o‘tadi.

Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.

Muayyan bir yosh davriga xos boigan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta'siri kuchli bo'ladi.

Bolalarning tarbiyasiga to'g'ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o'qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining o'sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo'ladi. Abu Ali ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, K.D.Ushinskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o'tganlar.

Bolaning o'ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo'lishi mumkin.

Masalan, ko'rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg'ayrat yoki g'ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yig'inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta'siri bo'lib, o'qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.

Bolaning individual — o'ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. «temperamentum» «qismlarning bir-biriga munosabati» ma'nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.

Shuningdek, turli yosh davrlarining o'ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Masalan, 5-sinf o'quvchilari bilan 10-sinf o'quvchisini tenglashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo'linadi:

1. Go'daklik davri — chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha boigan davr.

2. Bog'chagacha bo'lgan yosh davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha.

3. Maktabgacha bo'lgan yosh davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha.

4. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar (bolalar)—7 yoshdan 11,12 yoshgacha.

5. O'rta maktab yoshidagi o'quvchilar (o'smirlar) — 14—15 yosh.

6. Katta yoshdagi maktab o'quvchilari (o'spirinlar) - 16-18 yosh.

Kichik maktab yoshida o'yin faoliyatining o'rnini endi o'qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o'tish davri bo’lib, bolaning bo'yi, og'irligi jihatdan uning tashqi ko'rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o'sishi tufayli serharakat bo'ladi. Bosh miyasi tez rivojlanadi.

Jismoniy o'sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o'rganishga qiziquvchan bo'ladi. Bolalar qiziqishini qanoatlantiruvchi qiziqarli uchrashuv, sayr va tomosha, ekskursiyalarni tashkil etish zarur. Mazkur yosh davri o'quvchilariga emotsionallik xos, ularning fikrlashi obrazli bo'ladi, his-tuyg'ulari mazmuni o'zgaradi. Ular odamlar bilan aloqa qilishga qiziqadilar.

O'rta maktab yoshi (o'smirlik 12—15 yosh). O'smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o'zgarishlar bilan bog'liqdir. Bolaning o'sishi tezlashadi. Bu davrni o'tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy yetilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe'1-atvoriga ta'sir etadi. O'smir hayotida mehnat, o'yin, sport va jamoat ishlari katta rol o'ynaydi. Ba'zilarining o'zlashtirishi pasayadi. Intizomi bo'shashadi.

Hozirgi davr o'smirlarining ruhiyatida quyidagi holatlar ko'zga tashlanadi:

1. Intellektual rivojlanish — tafakkur qobiliyati, aqliy faoliyatni yuqori saviyada tashkil etishni talab etadi, bilishga qiziqishi ortadi. Bu davrda to'garaklar, studiya, seksiya, turli tadbirlar o'tkazish katta ahamiyatga ega. Ularning kitob o'qishga qiziqishi ortadi.

2. O'z-o'zini anglash, baholash, tarbiyalash shakllanadi. U o'zini boshqalar bilan solishtira boshlaydi.

Ammo yuqoridagilar bilan bir qatorda, o'smir xarakterida murakkab qarama-qarshiliklar ham mavjud bo'ladi. Bu o'smir faoliyati, xulqida yangi xislatlar — yosh xususiyatning yangidan boshlanishi sanaladi.

Lekin o'smirlarning hammasida ham bilishga qiziqish darajasi yuqori emas, 38 foiz o'smir hech qaysi o'quv fanlarini o'qishga qiziqmaydi. Boshqalarining uchta yoki ikkita o'quv fani, aksariyat holatlarda esa bitta o'quv faniga qiziqishi aniqlangan. Kichik yoshdagi o'smirlar qiziqishi o'qituvchiga bog'liq. Lekin ularning qiziqishlari, shuningdek, kitob o'qishlari ham barqaror emas.

Turli to'garaklarga 21 foiz o'smir qatnashadi, qolganlari sport yoki musiqa bilan shug'ullanadi. 40 foiz o'quvchida, sinfdan tashqari ishlarda qatnashishda ham barqarorlik yo'q. Eng muhim qiziqish - teleeshittirishlarga qaratilgan. TVni har kuni 88 foiz o'smir tomosha qiladi.

Ular oddiy kunni o'z ixtiyorlari bilan qanday o'tkazadilar, degan savolgajavobtopish uchun o'tkazilgan tadqiqot natijalari quyidagilarni qayd etdi: 85 foiz o'smir vaqtini o'z holicha o'tkazadi, 70 foizi kino yoki televizor ko'radi, 50 foizi sport bilan shug'ullanadi, 45 foizi uxlab yoki yotib dam oladi. Shuningdek, yomon baho olmaslik uchun maktabga boradigan o'smirlarning soni 15 foizni tashkil etadi.

O'smirlarda biror narsaga erishishga nisbatan talab rivojlanadi. Ular tornonidan ijtimoiy talablarning bajarilishi asab tizimining rivojlanishiga ta'sir etadi. Shuning uchun maktab hayoti «qiyin» vazifalarga to'liq bo'ladi.

Bu yoshda o'smirlar kattalar oldida o'zining erkinligini namoyish etishga harakat qiladi. O'z-o'zini tarbiyalashga bo'lgan talab o'sadi. «Dangasa», «qo'pol», «bee'tibor», «qobiliyatsiz» degan kattalarning baholarini ular og'rinib qabul qiladilar. O'smir yoshida, o'g'il va qiz bolalar o'rtasida farq kuchayadi. VII sinfdan intellektual malakalar pasayadi. Shuning uchun bu davrda bolalar rivojlanishiga katta e'tibor berish lozim. O'z-o'zini tarbiyalash natijasida o'g'il bolalar kuchli, erkin, e'tiborli, jasur; qizlar esa - o'ta ko'nikuvchan, kamtar va jiddiy bo'la boshlaydilar. Shuning uchun o'smirga o'z vaqtini rejalashtirishda yordam berish zarur. 13—14 yoshgacha o'smirda burch hissi, mas'uliyatni his etish, vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Muhimi, o'smir shaxsini hurmat qilish, kamsitmaslik, katta bo'lib qolganligini tan olish zarur.

Katta maktab yoshi - kollej, litsey o'quvchilari (o'spirinlik davri 15-18 yosh). Bu davr o'spirinlarning ilk balog'atga yetgan davridir. Mazkur davrda jinsiy yetilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O'spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtayi nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg'ularida ham o'zgarish yuz beradi. O'z-o'zini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o'rtasida munozaralar o'tkazish yaxshi natija beradi. O'spirinlar o'zguruhiga intiladi. Shuning uchun ham o'spirinning barcha intilishlari ma'lum maqsadga yo'naltirilgan boiishi zarur. Ularda o'quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi.

O'spirinlik bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o'z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o'qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g'o'r fikrlari va dunyoqarashlarini to'g'ri yo'naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o'z-o'zini anglash, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.

Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o'zini tutishi, odarnlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo'ladi. O'zini kattalardek his etish, o'ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o'ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o'z qarashlari nuqtayi nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o'z qiziqishlari biian o'lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg'araz, to'g'ri yo'nalish berishlari o'ta muhim.Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsningjamoadagi mavqeyi, jamoa shaxslari bilan muomala-muloqoti muhimdir.Albatta, bu borada, ta'lim muassasasida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta'siri katta ahamiyatga ega. Chunki o'spirin-yoshlar mustaqil hayot ostonasida bo'lib, ularning bu hayotga to'g'ri qadam qo'yishi Lining jamiyatning faol fuqarosi bo'lishining muhim shartidir.

Interaktiv Darsliklar mavzusi bo'yicha test

«Individ» so‘zi qaysi tildan olingan va nima ma’noni anglatadi?

Ijtimoiylashuv jarayoni nimani anglatadi?

Insonning biologik mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi tushunchani aniqlang:

Shaxs kim?

Shaxsga xos bo‘lgan barcha tug‘ma xususiyatlarning boyib borishi, yangi sifatlarning hosil qilinishi, shuningdek, organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik funksiyalarning takomillashishi, faoliyat hamda xatti-harakatning miqdor va sifat jihatdan o‘zgarib borish jarayoni deganda nima tushuniladi?

Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?

Shaxsning rivojlanishi qanday holatlar bilan belgilanadi?

Faoliyat nima?

Shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligiga qanday erishiladi?

O‘quvchilar tomonidan tashkil etiladigan faoliyatning asosiy turlarini ko‘rsating:

Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlarini ko‘rsating:

Pedagogik kuzatish metodining asosiy xususiyati nima?

Pedagogik tadqiqotlarda dialektik yondashuv nimani ta’kidlaydi?

Pedagogik tadqiqot natijalarini qanday ta’minlash kerak?

Yaxlit pedagogik jarayon

Reja:

  • Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasi va uning tuzilishi.
  • Pedagogik jarayon qonuniyatlari va tamoyillari

Pedagogik jarayon - ta'lim va tarbiya birligini (tor ma'nosida) ta'minlash orqali ta'limni keng ma'noda amalga oshirishning yaxlit jarayoni. "Pedagogik jarayon" tushunchasining sinonimi - bu keng tarqalgan "ta'lim jarayoni" atamasi.

Shu bilan birga, tizimli-tizimli tahlil metodologiyasi va metodologiyasidan foydalanishga asoslangan pedagogik jarayonni yaxlit ko'rib chiqish uchun yanada qulay imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bu jarayon sodir bo'layotgan tizimning asosiy komponentlarini aniqlashni, ular o'rtasidagi asosiy muntazam munosabatlarni ko'rib chiqishni, rivojlanish manbalarini aniqlashni va bu jarayonni samarali boshqarish shartlarini aniqlashni talab qiladi.

Pedagogik jarayon - bu o'qituvchilar va o'quvchilarning rivojlanish va ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan o'zaro ta'siri.

Pedagogik faoliyat - yosh avlodni jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, estetik va boshqa maqsadlariga muvofiq hayotga ataylab tayyorlashga qaratilgan, kattalarning ijtimoiy foydali faoliyatining alohida turi (B.T. Lixachyov).

Pedagogik faoliyat-bu bolalarni tarbiyalashning obyektiv tabiiy ijtimoiy-tarixiy jarayoniga kattalarning ongli ravishda aralashuvi. Bu aralashuvning maqsadi - inson tabiatini "rivojlangan o'ziga xos ishchi kuchiga" aylantirish, jamiyat a'zosini tayyorlash.

Har qanday jarayon bir holatdan ikkinchisiga ketma -ket o'zgarishdir. Pedagogik jarayonda bu o'zgarish pedagogik o'zaro ta'sir natijasidir. Shuning uchun pedagogik o'zaro ta'sir - bu o'zaro faoliyat, o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi muloqot, ularning xulq -atvori, faoliyati va munosabatlarining o'zaro o'zgarishi natijasida pedagogik jarayonning ajralmas xususiyati.

O'qituvchilar va o'quvchilar aktyorlar, sub'ektlar sifatida pedagogik jarayonning asosiy komponentlari hisoblanadi. Pedagogik jarayon sub'ektlarining o'zaro ta'siri (faoliyat almashinuvi) uning yakuniy maqsadi sifatida o'quvchilar tomonidan insoniyat tomonidan to'plangan tajribani uning xilma -xilligi bilan o'zlashtirishdir. Va tajribani muvaffaqiyatli o'zlashtirish, siz bilganingizdek, yaxshi tashkil etilgan sharoitda yaxshi moddiy baza, shu jumladan turli pedagogik vositalar mavjud bo'lganda amalga oshiriladi. Shunday qilib, ta'lim mazmuni (tajriba, asosiy madaniyat) va vositalar pedagogik jarayonning yana ikkita tarkibiy qismi hisoblanadi. O'qituvchilar va o'quvchilarning turli xil vositalar yordamida mazmunli o'zaro ta'siri har qanday pedagogik tizimda sodir bo'ladigan pedagogik jarayonning ajralmas belgisidir.

Pedagogik jarayonning tizim shakllantiruvchi omili uning maqsadi bo'lib, ko'p darajali hodisa sifatida tushuniladi. Maqsad o'qituvchi va o'quvchilar intilayotgan aniq natijani aks ettirishi kerak. Maqsad pedagogik talqin qilinadigan ijtimoiy tajribaga xos (immanent) bo'lib, u o'qituvchilar va o'quvchilar vositasida ham, faoliyatida ham aniq yoki yashirin shaklda mavjud. U xabardorlik va amalga oshirish darajasida ishlaydi. Pedagogik tizim ta'lim maqsadlariga yo'naltirilgan va ularni amalga oshirish uchun tashkil etilgan bo'lib, u butunlay ta'lim maqsadlariga bo'ysunadi. Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan, pedagogik jarayonning tarkibiy komponentlari darajasiga pedagogik faoliyat usullari, texnikasi, kommunikativ ta'sir vositalari, tashkiliy shakllari va boshqalarni ko'tarish mantiqsiz ko'rinadi. Ular, xuddi maqsad singari, "o'qituvchi-o'quvchi" dinamik tizimida mavjud. Ularda va ularning o'zaro ta'siri natijasida metodlar, texnikalar, tashkil etish shakllari va pedagogik jarayonning boshqa sun'iy elementlari tug'iladi.

Pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo’lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko’rinadiki, dastlab uning doirasida differentsiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo’lsa, key-inchalik ochiqchasiga ta’lim va tarbiya qarama-qarshi qo’yila boshladi: o’qi-tuvchi o’qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiy-parvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’ektiv nuq-tai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F. Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo’q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita etishmaydi.

Nemis pedagogi A. Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim printsiplari bor ekan, hamisha tarbiya printsiplari ham bo’ladi, yoki aksincha”.

Pedagogik jarayonning yagonaligi g’oyasi K.D Ushinskiy g’oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o’quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K. D. Ushinskiyning taraqiyparvar g’oyalari uning izdoshlari: N.F. Bunakov, P.F. Lesgaft, K.B Yelniskiy, V.P Baxterov va boshqalarning ishlarida o’z aksini topgan.

Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug’ullan-di. U pedagogik jarayonlarning ko’ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini taxlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o’qi-tish, o’rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o’git va boshqa bir qator so’zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yagona pedagogik jarayondir”.

N.K.Krupskaya, A.P.Pinkvich, S.T.SHatskiy, P.P.Blonskiy, M.M.Rubin-shteyn, A.S.Makarenko yagona pedagog jarayonning taraqqiyotiga katta hissa qo’shishdi.

XX asrning 70-yillarida Yu.K. Babanskiy, B.S.Ilьin, V.M.Korotov, B.V.Kraevskiy, B.T.Lixachev, Yu.P. Sokolnikov va boshqalar yagona pedagogik jarayonga ilmiy qiziqish bilan qarashdi.

Pedagogik jarayonning mohiyati tizimli metodologik yondashuv asosidagina zamonaviy mualliflar tomonidan ochib berildi. U pedagogik ob’ektlarni tizimlar sifatida qarashni taklif etadi, aynan: tarkibiy qismlarining tuzilishini, ular orasidagi o’zaro aloqadorlikni aniqlash kabilarni o’zida jamlaydi.

Pedagogik jarayon – pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy katego-riyalaridan biri.

Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilar-ning boshqaruvchilik roli tufayli faol hayotiy faoliyat natijasida bolaning o’zini-o’zi o’zgartirishining maqsadga yo’naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.

U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo’ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog’liq o’zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.

Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyo-siy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog’langan. Uning mo-hiyati, mazmuni va yo’nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o’zaro haraka-tiga bog’liq bo’ladi.

O’quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati – yagonalik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.

Yaxlitlik asosiga ta’lim, tarbiya va rivojlanish birligini ta’min-lash pedagogik jarayonning mohiyatini tashkil etadi.

Pedagogik jarayon – ko’plab jarayonlarning ichki aloqadorligi yig’indi-sidir. Unda o’qitish, ta’lim, tarbiya, shaxsning shakllanishi va rivojla-nishi jarayonlari birlashadi.

Pedagogik jarayonning umumiyligi va birligi uni tashkil etuvchi barcha jarayonlarni yagona maqsadga bo’ysundiradi. Pedagogik jarayonning murakkab ichki munosabatlari:

- uni tashkil etuvchi jarayonlarning birligi va mustaqilligi;

- undagi jarayonlarning yaxlitligi va teng huquqliligi;

- umumiy mavjudlik va o’ziga xoslikni saqlashda namoyon bo’ladi.

Pedagogik jarayonga uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorlikda qonuniy joy egallashi birligini o’zida ifoda etuvchi yagona tizim sifatida qarash mumkin. Tuzilish(struktura) – bu tarkibiy qism(element)larning tizimdagi joylashuvidir. Tizimlarning tuzilishi tarkibiy qismlarni qabul qilish mezonlarida belgilangani bo’yicha, bundan tashqari ular orasidagi aloqadorlikda tashkil etiladi. Pedagogik jarayonning o’zi maqsad, vazifa, mazmun, metodlar, pedagog va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati shakllari, shu bilan birga erishilgan natijalar bilan xarakterlanadi.

Pedagogik jarayonda ishtirok etadigan tizim tarkibiy qismlariga quyidagilar kiradi:

- pedagoglar;

- tarbiyalanuvchilar;

- tarbiyaviy shart-sharoitlar.

Jarayonning aniq maqsadli tarkibiy qismi pedagogik faoliyatning barcha ko’p obrazli maqsad va vazifalarini: bosh maqsad – har tomonlama va barkamol shaxsni tarbiyalashdan – alohida sifatlarni shakllantirishning aniq vazifasigacha o’z ichiga qamrab oladi.

Mazmunli tarkibiy qism umumiy maqsad bilan birga, xuddi shunday aniq vazifani qo’yadigan ma’noni aks ettiradi.

Faoliyatli tarkibiy qism – jarayonni tashkil etish va boshqarishda busiz belgilangan natijalarga erishish mumkin bo’lmagan pedagoglar va tarbiyalanuvchilarning o’zaro harakati va ularning hamkorligi. Mazkur tarkibiy qism pedagogik adabiyotlarda yana tashkiliy yoki tashkiliy-boshqaruvli deb ham nomlanadi.

Jarayonning natijali tarkibiy qismi uni amalga oshishi samarador-ligini aks ettiradi, qo’yilgan maqsad bilan bog’liqlikda muvafaqqiyatli o’zgarishlarga olib kelish bilan xarakterlanadi.

Professor I.P.Rachenko ta’lim tizimidagi tarkibiy qism(kompo-nent)larni quyidagicha bo’lib ko’rsatadi:

- tizim faoliyatini aniqlashtiruvchi maqsad va vazifalar;

- ta’lim va tarbiya mazmuni maqsad va vazifalarining amalga oshishi-ni ta’minlovchi pedagogik kadrlar;

- tizimning ilmiy asosda ishlashini tashkil etuvchi ilmiy kadrlar;

- ta’lim oluvchilar(ta’lim oluvchilar);

- moddiy-texnik ta’minot;

- tizim va uning samaradorligi ko’rsatkichlarining moliyaviy ta’mi-noti;

- shart-sharoit(psixofiziologik, sanitar-gigienik, estetik va ijti-moiy);

- tashkil etish va boshqarish.

Amerikalik pedagog F. G. Kumbs quyidagilarni ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismlari deb hisoblaydi:

- tizimning faoliyatini aniqlashtirib beruvchi maqsad va birinchi galdagi vazifalar;

- ta’lim oluvchilar hamda tizimning asosiy vazifasi hisoblanmish o’qitish;

- tizim faoliyatini muvofiqlashtirish, rahbarlik va baholashni amalga oshiruvchi boshqarish;

- turli vazifalar bilan bog’liqlikda o’quv muddati hamda ta’lim oluvchilar guruhining tuzilishi va taqsimlanishi;

- mazmun – eng asosiysi, ta’lim oluvchilar ma’lumotga ega bo’lishlari shart;

- o’qituvchilar;

- o’quv qo’llanmalar: kitoblar, doskalar, xaritalar, filьmlar, laboratoriyalar va boshqalar;

- o’quv jarayoni uchun zarur bo’lgan bino;

- texnologiya – ta’limda foydalaniladigan barcha metod va usullar;

- bilimlarni baholash va nazorat qilish: qabul qilish, baholash, imtihonlar, tayyorgarlik sifati qoidalari;

- bilimlarni oshirish va tizimni takomillashtirshi uchun tadqiqot ishlari;

- ta’lim samaradorligi ko’rsatkichlari xarajatlari.

2. Pedagogik jarayon qonuniyatlari – bu ob’ektiv mavjud bo’lgan, takrorlanadigan, barqaror hodisalar orasidagi ma’lum aloqadorlik, mazkur jarayonning alohida tomoni.

Qonuniyatlar nima va pedagogik jarayonda qanday bog’langan, nima bilan u bog’liqlikda ekanligini ko’rsatadi.

Pedagogik taraqqiyot sifatidagi bu qadar murakkab, katta va dinamik tizimda ko’plab turli tavsifiy aloqalar namoyon bo’ladi.

Zamonaviy pedagogikada pedagogik jarayon qonuniyatlarning yagona tas-nifi mavjud emas. SHu sababli quyida mavjud tasniflardan ba’zilarini ko’rib o’tamiz.

I. P. Podlasiy tasnifi bo’yicha:

Tarbiya va ijtimoiy tizimlarning aloqadorligi: aniq tarixiy sharoitlardagi tarbiya xarakteri jamiyatning ehtiyojlari, iqtisodiy, milliy-madaniy o’ziga xosliklari bilan aniqlanadi.

Ta’lim va tarbiya orasidagi: bu jarayonlarning o’zaro bog’liqligini, ularning ko’ptomonlama o’zaro ta’sirini, birligini belgilab beruvchi aloqadorlik.

Tarbiya va faoliyatning aloqadorligi: tarbiyalash – faoliyatning turli turlariga tarbiyalanuvchilarni jalb etish demakdir.

Tarbiya va shaxs faolligining aloqadorligi: agar uning ob’ek-ti(shaxs) bir paytning o’zida sub’ekti sifatida aks etsa, tarbiya muva-faqqiyatli amalga oshadi, ya’ni shaxs o’zining faol xulq-atvorini, shaxsiy erkinligini, mustaqilligini, faoliyatdagi ehtiyojini namoyon etadi.

Tarbiya va muloqotning aloqadorligi: tarbiya jarayoni har doim odamlar – o’qituvchilar va ta’lim oluvchilarning o’zaro harakatida kechadi.

Bola tarbiyasi muvafaqqiyati to’g’ridan-to’g’ri shaxslararo aloqalar-ning intensivligi va boyligiga bog’liq bo’ladi.

Pedagogik jarayonning dinamik qonuniyati – ta’lim oluvchining keyingi barcha muvafaqqiyatlarining qimmati uning dastlabki bosqichlar-dagi muvafaqqiyatiga bog’liq bo’ladi.

Amaliy Dasturlash mavzusi bo'yicha test

Aralash dars turining tuzilishi berilgan qatorni toping.

Alisher Navoiyning didaktikaga oid asarlaridan eng muhimini toping.

Nutq texnikasining tarkibiy qismlari toʻg'ri ko'rsatilgan javobni toping.

Ta'lim-tarbiya jarayonida oʻqituvchi mahoratini belgilovchi maqsadlar qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan?

Shaxsga yo'naltirilgan ta'limning asosiy tamoyili toʻg'ri ko'rsatilgan javobni toping.

Oʻquv materialini tanlashda qaysi tamoyilga rioya qilinadi?

Didaktika- ta’lim nazariyasi sifatida.

Reja:

  • Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari.
  • Didaktikaning asosiy kategoriyalari.
  • Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari.
  • Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.
  • Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning predmeti va vazifalari. Didaktikaning tashkil topishi va rivojlanishi.

Didaktika ta’lim jarayonining umumiy konuniyatlarini o‘rganuvchi kismidir. Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, «Didayko»-o‘qitish, «Didaskol»-urgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan.

«Didaktika»ning so‘zma-so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi ta’lim jarayonining tushunchasi va mxiyatini, ta’lim koidalarini, uslublari va tashkiliy formalarini uz ichiga oladi. Didaktika uz oldiga o‘qitishning talabalarning xar tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy konuniyatlarini bilib olish vazifasini qo‘yadi. Ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan kurollantirishdan iborat.

Demak, didaktika pedagogikaning «nimaga o‘qitish», «nimini o‘qitish» va «kanday o‘qitish» kabi savolariga javob izlaydi. Umumy didaktika esa, uz navbatida, ayrim o‘quv fanlariga oid usullar bilan juda mustaxkam boglanadi. Shu usullar ma’lumotiga tayanib, o‘qitishning umumiy konuniyatlarini yechib boradi va ayni vaktda xar bir o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar.

Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi.O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlarga asoslanadi.

Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o‘rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o‘rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi.

Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat:

Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o‘rganish, uning turli jihatlari o‘rtasidagi bog‘liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir.

O‘zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo‘naltirish, ta’limni jamiyat tomonidan qo‘yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo‘llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi.

2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: dars, bilim olish, taiim, bilim, ko‘nikma, rnalaka, taiim maqsadi, ta’lim mazmuni, ta’lim jarayoni, taiim jarayonini tashkil etish, taiim turlari, shakllari, metodlari va vositalari, taiim natijasi. So‘nggi paytlarda asosiy didaktik kategoriyalar sirasiga taiimning didaktik tizimi va taiim texnologiyasi kabi tushunchalami ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda.

1) bilim - shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, maium obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui;

2) bilim olish - idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni;

3) ko‘nikma - olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar yigindisi;

4) malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtiri 1 gan tarkibiy qismi;

5) ta’lim - o‘quvchilarga nazariy bilimlami berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalami shakllantirish, ulaming bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo ‘naltirilgan j arayon;

6) taiim metodlari - taiim jarayonida qoilanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui;

7) ta’lim mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;

8) ta’lim vositalari - ta’lim samaradorligini ta’minlovchi obyektiv (darslik, o‘quv qollanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va subyektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar;

9) ta’lim jarayoni - o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon;

10) ta’lim mazmuni - davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati;

11) ta’lim maqsadi (0‘qish, bilim olish maqsadi) -- ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi yetakchi g‘oya;

12) ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) - ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;

13) ta’limni boshqarish - ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash;

14) ta’lim tizimi - yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yoiida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui.

Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha ―paradeigma – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko‘rsatmalar to‘plami bo‘lib, u ta’limning konseptual modeli sifatida qo‘llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:

Ta’lim paradigmalari

1. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko‘ra ta’limning asosiy maqsadi ―qanchalik qiyin bo‘lmasin bilim olish. Ya’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko‘nikma va malakalar, ilg‘or g‘oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan g‘oya ilgari suriladi.

2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki o‘quvchilar tomonidan turli bilimlarni o‘zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko‘zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko‘ra ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o‘ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha ―phainomenon‖ – hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni

ko‘zda tutadi. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o‘quvchi hamda o‘qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.

Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o‘quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, ―erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash‖ masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda respublika ta’lim muassasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: ―Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash – ham katta boylikdir.

4. Ezoterik paradigma (yunoncha ―esoterikos‖ ichki, sirli, yashirin) mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo‘lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar.

5. Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga ―aniq‖ ilmiy bilimlarni berish va ularning o‘zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o‘rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o‘rtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulq-atvor egasi bo‘lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g‘oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.

6. Noinstitutsional paradigma ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g‘oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim Internet va kompyuterlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o‘qitish) muvofiq o‘qitishni samarali deya hisoblaydi.

Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida. Ta’lim tushunchasi va mohiyati. Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.

Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqacha aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat aks etadi.

Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining ―yaxlitligi ―tizimliligi va ―majmuaviyligini bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq

Ta’lim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlikdir

Ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshqarish usullari.

Ta’lim jarayonining negizini o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.

Ta’lim funksiyalari. ― Funksiya tushunchasi ―ta’lim vazifalari tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim jarayoni)ning quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishni tashkil etish kabilar kiradi.

Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar-tematik yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. Rejalar, reja-konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, jiddiy ishlash kerak bo‘ladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv materiali mazmunini tanlab olishi, dars olib borish shakli va metodini o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi.

O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan iborat bo‘ladi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilar faoliyatini boshqarish ularni to‘g‘ri yo‘naltirishni nazarda tutadi. Nazorat qilish esa o‘quvchilar faoliyatining maqsadga muvofiq, samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. Natijalarni baholash va tahlil qilish ta’lim jarayonining qanday kechganligini bilish, yutuqlar omillarini o‘rganish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Bujarayonlarning barchasi shaxsni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish va faoliyat qonuniyatlariga ega.

Bilim olish borliqni idrok etish, o‘rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko‘nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni

Bilim olishning muhim komponenti motiv, ya’ni, ta’limiy xarakterdagi harakat, faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, ehtiyojning yuzaga kelishidir.O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki (kuzatilmaydigan) ko‘rinida bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) hamda nutqdan foydalanish kiradi.

Ichki mnemonik, yunonchadan ―mnemonikon eslab qolish madaniyati harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari kiradi.

Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab yetish talab etiladi. Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning ma’nosini yetarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida qabul qilinishi va yodlab olinishi xavfilidir.

4.Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.

O‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini samarali boshqarish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining mohiyati hamda bilimlarning egallash bosqichlaridan yetarlicha xabardor bo‘lish. Bilimlarning egallash quyidagi bosqichlarda kechadi:

Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shu bois o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish orqali o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. Mazkur bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.

Ikkinchi bosqich o‘quv materialini anglab yetish bo‘lib, u ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va tahlil qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialning xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib chiqishi kerak. O‘quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajrata olishi lozim. O‘quvchi o‘quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.

Uchinchi bosqich eslab qolish va mustahkamlash bo‘lib, o‘zlashtirilgan bilimlarni uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. O‘quvchilar matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi.

To‘rtinchi bosqich bilimlarni amaliyotda qo‘llashdan iborat. Bilimlarni qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin.

4. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb ataladi.

I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib ko‘rsatadi:

1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.

2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek, o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.

3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqichi mahsuldorligi va bu bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy- pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.

4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil etish.

5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.

6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.

Ta’lim tamoyillari. Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi me’yoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o‘quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o‘quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlash imkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.

Ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko‘rinishlari o‘zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Tamoyillar ta’lim jarayonining mohiyati, qoidalar esa uning alohida tomonlarini aks ettiradi.

Ta’limni mazmunli va tashkiliy-metodik tamoyillaridan tashkil topgan tizim sifatida e’tirof etish mumkin:

5. Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi ta’lim;

- fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);

- tabiat bilan uyg‘unligi;

- madaniyat bilan uyg‘unligi;

- insonparvarligi.

Fuqarolik tamoyili. Unga ko‘ra ta’lim mazmunini shaxsning sub’ektivligini rivojlantirish, uning ma’naviyligi va ijtimoiy yetukligiga yo‘naltirishda namoyon bo‘lishi kerak. U ta’lim mazmunini insonparvarlashtirishni nazarda tutadi va fuqarolikni anglash, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va siyosiy tuzilishi haqidagi tasavvurlar tizimi, o‘zbek xalqi madaniyati psixologik xususiyatlari, uning mentalitet xususiyatlari, milliy siyosati va madaniyati kabi dolzarb masalalar haqidagi tasavvurlarining shakllanishi bilan bog‘liq.

Ta’limning ilmiyligi tamoyili ta’lim mazmunini zamonaviy fan va texnika rivojlanish darajasi, jahon sivilizatsiyasi to‘plagan tajribaga mos kelishini ifodalaydi. Bu tamoyil ta’lim vaqtida va o‘qishdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan ta’lim mazmuni o‘quvchilarni ob’ektiv ilmiy dalillar, hodisalar, qonunlar, zamonaviy yutuqlar va rivojlanish istiqbollarini ochib berishga yaqinlashtirib, u yoki bu sohaning asosiy nazariya yoki konsepsiyalari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini talab etadi.

Ta’limning tarbiyalovchilik tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Bu tamoyil ta’lim jarayonida barkamol rivojlangan shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim jarayonida tarbiyalashning samarali kechishi shaxsning intellektual rivojlanishi, birinchi navbatda, o‘quvchilarning qiziqishlari, idrok etish hamda individual qobiliyatlarining hisobga olinishi bilan bog‘liq.

Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyili umuiy o‘rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Mazkur holat an’anaviy didaktikada ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi kabi ifoda etiladi.

Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya.A.Komenskiy o‘zining tabiatga uyg‘un bo‘lishi g‘oyasini ifoda etib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligini ta’kidlaydi. Ertalabki soatlar mashg‘ulotlarni bajarish uchun juda qulay hisoblanadi. O‘quvchilarga ularning yosh davrlarini inobatga olgan holda bilimlarning berilishi ushbu bilimlarning ular uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Demak, tabiat bilan uyg‘unlik g‘oyasi asta-sekinlik, ketma-ketlik va mustaqil faoliyat kabi ta’lim tamoyilining asosi hisoblanadi.

Ta’limda insonparvarlik tamoyili

Ta’limda insonparvarlik tamoyilini bolaning shaxs sifatidagi qadr- qimmati, uning erkinligi hamda baxtli hayot kechirishini ta’minlash, uni rivojlantirishi, ijodiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, unga hayotda o‘z o‘rnini topishda yordam ko‘rsatishi va hokazolarni nazarda tutadi.

Insonparvarlik g‘oyasi antik davr faylasuflari (Suqrot, Aflotun, Arastu va boshqalar) qarashlarida ilk bor ko‘zga tashlanadi. Markaziy Osiyoda insonparvarlik g‘oyalari Sharq Uyg‘onish davrida keng rivojlandi. Abu Nasr Forobiyning fikricha, bolani eng avval o‘qimishli, saxovatli inson qilib tarbiyalash kerak, zero, salbiy nuqsonlar bolalikdan paydo bo‘ladi. Shu bois oilada tarbiyani yo‘lga qo‘yishda xato qilmaslik zarur.

O‘zbekiston Respublikasida huquqiy, demokratik jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda uzluksiz ta’lim tizimi oldida barkamol, har tomonlama rivojlangan, erkin, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi. Mazkur vazifa ta’lim va tarbiya jarayonida bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish orqali ijobiy hal etiladi. Bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabatida bo‘lish ularning taqdiri haqida qayg‘urish, uning qobiliyatini ko‘ra olish, unga ishonish, shuningdek, bolaning xatoga yo‘l qo‘yish, shaxsiy nuqtai nazarga ega bo‘lish huquqini qadrlashni nazarda tutadim

Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillari. Ta’limni tashkil etish metodikasi ta’lim mazmunini shakllantirish kabi erkin tanlanishi mumkin emas. Bu borada muayyan ijtimoiy, psixologik va pedagogik talablarni inobatga olish zarur. Bunday talablar ta’limning tashkiliy- metodik tamoyillari deb yuritiluvchi tamoyillar mazmunida o‘z ifodasini topgan:

- ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi;

- ta’limda onglilik va ijodiy faollik;

- ta’limda ko‘rgazmalilik;

- ta’limning samaradorligi va ishonchliligi (mustahkamligi);

- ta’limning tushunarliligi;

- guruhli va individual ta’lim birligi;

- ta’limning o‘quvchilar yoshi va individual xususiyatlariga mos kelishi;

- oqilona talabchanlik bilan bola shaxsini hurmat qilishning muvofiqliligi;

- pedagogik hamkorlik.

Ta’limning izchilligi, tizimliligi, ketma-ketligi tamoyili bilish bosqichlarining ob’ektivligini anglatadi.

Izchillik ta’lim mazmuni, uning shakli va usullari, o‘quv jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan sub’ektlarning o‘zaro munosabatlariga taalluqli. U alohida parsial (yunoncha partialis - qisman) va xususiy o‘quv vaziyatlari, predmet va hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik, aloqadorlik qonuniyatlarini asta-sekin o‘zlashtirish asosida ularni yagona yaxlit o‘quv jarayoniga birlashtirishga imkon beradi.

Ta'lim Qonunchiligi mavzusi bo'yicha test

Didaktika – bu:

Didaktika nimani o‘rganadi?

Ta’lim funksiyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Didaktikaning asosiy kategoriyalarini ko‘rsating.

“Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?

Buyuk chex olimi Ya.A.Komenskiy tomonidan “Didaktikaning oltin qoidasi” deb e’tirof etilgan tamoyil qaysi?

Ta’limni tashkil etish shakllari qaysi variant javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, maqsadi, vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, yakun yasash va uyga vazifa berish kabi vazialar hal qilinadigan dars tipini ko‘rsating:

Eng qadimgi yozma ma’rifiy yodgorlik?

Ta’lim usulini (metodini) tanlashda o’qituvchi nimalarga asoslanadi?

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI

Reja:

  1. Ta’lim metodlari tushunchasining mohiyati va tavsifi.
  2. O‘quv faoliyatini boshqarish metodlari. O‘qitish metodlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar
  3. O‘qitishning zamonaviy vositalari.
  4. O‘qitishning interfaol usullarining mazmun va mohiyati va turlari
  5. Ta’lim vositalari tushunchasining mohiyati va tavsifi.

1.Ta’lim metodlari tushunchasining mohiyati va tavsifi.

Metod so‘zining yunoncha tarjimasi tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda maqsadga erishish usullari deya sharhlangan.

Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi.

Aksariyat mualliflar ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.

Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, birinchidan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, ikknchidan, ta’lim faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.

Ta’lim metodi tushunchasi bilan birga ko‘p hollarda metodik usul (sinonimlari pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Ta’lim faoliyatida qo‘llaniladigan usullarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlari asosida aniqlanadi: didaktik maqsad asosida; ta’lim mazmuni asosida; o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida; o‘qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida.

Didaktikada munozaralarga sabab bo‘layotgan yana bir muhim ob’ekt ta’lim metodlarining tasnifidir. Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo‘yicha tizimlashtiriladi.

O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari.

1. O‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivlash metodlari.

2. Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.

O‘quvchiga bilimlarni yetkazish shakliga ko‘ra ta’lim metodlari:

1. Og‘zaki bayon qilish metodlari.

2. Ko‘rgazmali metodlar.

3. Amaliy metodlar kabi turlarga ham ajratiladi.

Ta’lim metodlari tizimida muhim o‘rin tutadigan og‘zaki bayon qilish metodlarining o‘zi ham quyidagi turlarga ajratiladi:

Og‘zaki bayon qilish metodlarining turlari

Og‘zaki bayon qilish metodlari o‘quvchilarning umumiy madaniyati,

mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog‘liqdir. Ugbu metodlar o‘quvchining nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o‘rganishdagi ahamiyati beqiyos

Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.

Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi. Hikoya qisqa bo‘lishi hamda o‘quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg‘otishi kerak.

Suhbat metodi fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.

Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.

Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.

Kirish suhbati o‘quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad hal etilishi zarur bo‘lgan ishlar mohiyatining o‘quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko‘rishdan iborat.

Yakuniy suhbat o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.

Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o‘quvchilarning boshlang‘ich bilim darajasi va ularning yangi mavzuni o‘zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun dars avvalida yoki so‘nggida qo‘llaniladi.

Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo‘naltiriladi. Savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, ular o‘quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga rag‘batlantirsin.

Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir qadar qiyin o‘rinlariga alohida urg‘u berilib, mazmuni ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi

Ma’ruza mazmuni murakab tizimlar, hodisalar, ob’ektlar, jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi va u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.

Maktab ma’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: ma’ruza rejasini tuzish; o‘quvchilarni ma’ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; ma’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish; har bir bandini qisqacha xulosalash; ma’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o‘tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma’ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunja nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o‘quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; ma’ruzaning muhim jihatlarini ochib berish; o‘quvchilar ma’ruzaning asosiy o‘rinlarini yozib borishlariga imkon yaratish; muhim o‘rinlarni ta’kidlab ko‘rsatish; ma’ruza mazmunini ko‘rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.

Ta’lim sifatini oshirishda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega. Ko‘rgazmali metodning quyidagi turlari mavjud: 1. Namoyish. 2. Tasvirlash. 3 Ekskursiya.

Ko‘rgazmali metodning turlari

Ushbu metodlardan foydalanish zaruriyati ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko‘rinadi. Inson miyasining 30 foiz hajmini ko‘rishni, faqat 3 foizigina eshitishni ta’minlovchi neyronlar tashkil etadi. Pedagogik-psixologik yo‘nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ladiki, shaxs tomonidan o‘zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko‘rish retseptorlari yordamida o‘zlashtiriladi. Demak, o‘zbek xalqi tomonidan ko‘p bora qo‘llaniladigan ―Yuz marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi‖ maqoli ilmiy asosga ega ekan.

Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli, hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan ob’ektlarning sub’ekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi. Tajribalar namoyishi esa sinf taxtasiga chizish yoki o‘qituvchining maxsus jihozlar yordamida ko‘rsatib berishi hisobiga amalga oshadi.

Predmetlar, hodisa yoki jarayonlarni tabiiy holatda namoyish qilish yanada ko‘proq didaktik samara beradi, biroq, bunday namoyishni amalga oshirish har doim ham mumkin bo‘lavermaydi. Shu bois o‘qituvchilar tabiiy predmetlarni namoyish qilishda sun’iy muhitga murojaat qilishadi (masalan, hayvonlar bilan hayvonot bog‘ida, turli o‘simliklar bilan esa issiqxonalarda tanishish) yoki sun’iy ravishda yaratilgan ob’ektlar (maket, model, mulyaj, skelet va boshqalar)dan foydalaniladi.

Metod yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil ravishda ob’ektlarni o‘rganish, zaruriy o‘lchov ishlarini olib borish, aloqadorlikni o‘rnatish, shuningdek, hodisalarning mohiyatini anglab yetishga bir so‘z bilan aytganda faol bilish jarayoniga yo‘naltirishi lozim. Namoyish samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining bilish jarayoni mohiyatan o‘quvchilarning yoshiga mos holda to‘g‘ri tanlanishi hamda mumkin qadar ularning diqqatini namoyish etilayotgan predmetning muhim jihatlariga yo‘naltirishiga bog‘liqdir.

Tasvirlash (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida o‘rganiladi.

Namoyish va tasvir metodlari o‘zaro bog‘liqlikda bir-birini to‘ldirgan holda qo‘llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o‘quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo‘lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.

Tasvirning samarasi ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatuv texnologiyasi qay darajada o‘zlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o‘rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to‘laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o‘rinlarda kerakli hajmda ko‘rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o‘quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg‘itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

O‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog‘liq bo‘lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida qo‘llaniladigan ta’lim metodlaridan iubdan farq qiladi.

Ko‘rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko‘rgazmalilikning o‘quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi; namoyishda uning boshlang‘ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko‘rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustratsiya o‘quv materialining mazmuni bilan uyg‘un bo‘la olishi lozim.

Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab yer maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga havola etadi.

Amaliy ishlar metodi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar yordamida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni hosil qilishda alohida ahamiyat kasb etadi:

Amaliy ishlar metodlarining turlari

Qayd etilganidek, ushbu metodlar o‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Aynan amaliy faoliyat jarayonida nazariy bilimlar harakatdagi shaklga ega bo‘ladi.

Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqa turlarga bo‘linadi.

Yozma mashqlar – ta’limning tarkibiy qismi sifatida zaruriy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi. Diktant, insho, masala, misol, shuningdek, referat yozish va tajriba mohiyatini yoritish ham yozma mashqlar sirasiga kiradi.

Grafikaviy ishlar jihatlariga ko‘ra yozma ishlarga o‘xshash bo‘lib, ulardan asosan texnik jarayonlar (ya’ni geografiya, fizika, matematika, chizmachilik, rasm hamda texnologik ta’lim)da keng ko‘lamda foydalaniladi.

Mashqlarning bajarilish samarasi quyidagi shartlar hisobga olinganda birmuncha yuqori bo‘ladi: mashqlarni bajrishga nisbatan ongli yondashish; bajarish qoidasini bilish; vaqt bo‘yicha takrorlanishning to‘g‘ri taqsimlanishi.

Mashqni bajarishni tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat: o‘qituvchining faoliyat maqsadi va mazmunini tushuntirishi; topshiriqni bajarish ketma-ketligini ko‘rsatishi; o‘qituvchi nazorati ostida o‘quvchilar tomonidan o‘quv harakatining dastlabki bajarilishi; zarur ko‘nikma va malakalar shakllangunicha o‘quv harakatlarning ko‘p bora takrorlanishi.

Ayrim holatlarda o‘quvchilar ovoz chiqarib o‘quv harakatlarini takrorlashlari va bajarishlari lozim bo‘ladi. Ular izohli mashqlar deb nomlanadi va bajariladigan harakatlarning mohiyatini anglagan holda ko‘nikma va malakalarni egallashga imkon beradi.

Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan takomillashtirilib boriladi.

Laboratoriyadan amaliy ishlarning farqi shundaki, bu metod o‘quvchilarning mavjud nazariy bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil etishga xizmat qiladi. U o‘quvchilarning bilimlarini chuqurlashtirish, bilish faoliyatini nazorat qilish hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tuzatish borasidagi ko‘nikmalarini shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi.

Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning bilish faoliyati quyidagi besh bosqichda tashkil etiladi:

1. O‘qituvchining tushuntirishi, faoliyat mohiyatini nazariy jihatdan anglash

2. Ko‘rsatma berish, yo‘l-yo‘riq

3. Tajriba-sinovni tashkil etish (bu bosqichda ikki-uch nafar o‘quvchi amaliy harakatlarni bajaradi, qolgan o‘qiuvchilar esa ularning faoliyatini kuzatadi)

4. Faoliyatni tashkil etish (o‘quvchi topshiriqni mustaqil ravishda bajaradi, bajarishga qiylanalgan o‘quvchilarga e’tibor qaratilib, ularga yordam ko‘rsatiladi)

5. Nazorat bu bosqichda o‘quvchilarning ishlari qabul qilinadi va baholanadi; ishning sifati, materialning maqsadga muvofiq tanlanganligi, vaqt nutqai nazari inobatga olinadi.

2. O‘quv faoliyatini boshqarish metodlari. O‘qitish metodlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar.

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar negizida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda didaktik o‘yinlardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, o‘yin ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.

Hozirgi vaqtda o‘qituvchilar qo‘lida barcha o‘quv fanlari bo‘yicha didaktik o‘yinlarning ishlanmalari mavjud, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yaratilgan o‘quv dasturlarda turli didaktik o‘yinlarning ro‘yxati yetarli darajada ko‘rsatilgan.

Ta’limning globallashuvi ta’limiy va rivojlantiruvchi xarakteriga ega va yo‘nalishi jihatidan xilma-xil bo‘lgan kompyuter o‘yinlarining maktab amaliyotiga jadal kirib kelishini ta’minlamoqda. Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarga ijtimoiy-foydali mehnat hamda o‘qish ko‘nikmalarini faol o‘zlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlarning ahamiyati uning natijasi bilan emas, balki jarayonning mazmuni va uning kechishi bilan belgilanadi. O‘yinlar bolalarni ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishga tayyorlaydi, ularning turli psixologik zo‘riqishlarini kamaytiradi. Didaktik o‘yinlardan foydalanilganda o‘quvchilarning manfaatdor bo‘lishlari ijobiy ahamiyatga ega bo‘lga taqdirdagina ularni taqdirlash mumkin. Aksincha, metodik jihatdan puxta asoslanmagan hamda shunchaki tashkil etilgan o‘yin ijobiy natija bermaydi.

Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim: zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o‘ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko‘rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatilganligi.

O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.

An’anaviy o‘qitish shaklllari. O‘nlab yillar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy dars o‘tish ta’limning samarali modellaridan biri bo‘lib qolmoqda.

An’anaviy dars - muayyan muddatga mo‘ljallangan, ta’lim jarayoni ko‘proq o‘qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish, yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta’lim modelidir.

O‘quv materiali yangi va ancha murakkab bo‘lganda, an’anaviy dars - ko‘p hollarda ta’lim jarayonining birdan-bir metodi bo‘lib qolmoqda.

Ma’lumki an’anaviy darsda ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi turadi. Shu bois, ba’zida an’anaviy darsni markazida o‘qituvchi turgan o‘qitish usuli deb ham atashadi.

Markazda o‘quvchi bo‘lgan o‘quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:

  • O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirib borish
  • Ilgari egallangan bilimlarni ham inobatga olish
  • o‘qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish
  • o‘quvchi tashabbusi va majburiyatini qo‘llab-quvvatlash
  • Amaliyot orqali o‘rganish
  • Ikki tomonlama fikr- mulohazalar bilan ta’minlash
  • O‘qish jarayonini tugri yo‘lga qo‘yish
  • O‘qituvchi- o‘quvchilar uchun o‘quv jarayonini engillashtiruvchi shaxs
  • o‘quv jarayonini baholash

An’anaviy dars o‘tish modelida ko‘proq ma’ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. Shu sababli, bu hollarda an’anaviy dars samaradorligi ancha past bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli- tuman o‘quvchilar faolligini oshiradigan metodlar bilan boyitib borilsa, o‘quvchilar o‘zlashtirish darajasini ko‘tarilishiga olib keladi.

Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, tadqiqot rolli o‘yinlar metodlarini qo‘llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o‘quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash, rang-barang baholash usullaridan foydalanish, ta’lim vositalaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi.

O‘qitishning noan’anaviy modellari

O‘qitishning noan’anaviy modellarini 3 ga ajratish mumkin:

  • hamkorlikda o‘qitish modeli;
  • modellashtirish;
  • o‘rganishning tadqiqot modeli

Bu modellar asosan o‘quvchi shaxsiga qaratilgan bo‘lib, ularni markazda o‘quvchi turgan ta’lim modellari deb ataladi.

Modellashtirish- real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilshan va soddalashtirilgan ko‘rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o‘quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyat evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutuvchi metod.

Hamkorlikda o‘rganish modeli - o‘quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta’lim olishini ko‘zda tutadigan metod.

O‘rganishning tadqiqot modeli - o‘quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo‘naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko‘zda tutuvchi metod.

O‘qitishning an’anaviy va noan’anaviy shakllarining yutuq va kamchiliklarini quyidagi jadval asosida tahlil qilamiz:

Faol o‘qitish metodlarini tanlash

Ta’lim texnologiyasi elementlarini tanlash va amalga oshirishda talabalarning o‘quv bilish faoliyatlarini e’tiborga olish lozim. Amaliyotdagi oddiy qoida shu haqda guvohlik beradiki, nazariy darsning dastlabki 20 daqiqasida talabalarga yangi bilimlarni berish amalga oshiriladi, keyin esa bahs-munozara, kichik guruhlarda ishlash va boshqa shu kabi noan’anaviy metodlarni amalga oshirish orqali berilgan bilim mustahkamlanishi lozim. Har qanday holatda ham nazariy dars jarayonida, masalan, faqat ma’ruza o‘qiladigan vaqt 20 daqiqadan oshmasligi kerak. Chunki o‘rganishning dastlabki 20 daqiqasi eng samarali, 30 daqiqadan keyin esa o‘rganishni davom ettirish motivatsiyasi tezda pasaya boshlaydi. Bu hamma takliflar talabaning diqqatini uzoqroq vaqtgacha saqlab turishga xizmat qiladi.

Idrok qilish paytida qancha ko‘p sensorik (sezgi) kanallardan foydalanilsa, esda olib qolingan bilimlarning miqdori va sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. Agar bilimlar faqat «ma’ruza»lar orqali (passiv tinglash yo‘lida) berilgan bo‘lsa, unda 3 kundan so‘ng ularning faqat 25%ni eslash mumkin xolos. Agar u ma’ruzalar o‘qish (tinglash), namoyish va ko‘rgazmali qilish (ko‘rish, ushlab ko‘rish va shu kabilar) orqali berilsa va shu to‘g‘risida bahs - lashilsa, unda 3 kundan so‘ng 75%vini esga tushirish mumkin. Agar bilimlarni idrok qilishda bir necha sensorik kanallar birgalikda ishga solingan bo‘lsa, ma’lumotlarning qisqa xotiradan uzoq xotiraga o‘tish jarayoni tezlashadi, bu esa bilishning asosi bo‘lib hisoblanadi.

Talabalarning o‘zlashtirish darajasiga o‘qitish metodlarining ta’sir darajasi:

  1. Ma’ruza - eshitganimizning 5%.
  2. O‘qish - o‘qiganimizning 10%.
  3. Videousul, namoyish - ko‘rganimizning 20%.
  4. Tajribani namoyish qilish - ko‘rgan va eshitganimizning 30%.
  5. Bahs-munozara - muhokama qilganimizning 40%.
  6. Mashqlar - o‘qigan, yozgan, gapirganimizning 50%.
  7. Ishbop o‘yin, kichik guruhlarda ishlash, loyihalash - mustaqil o‘qiganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, himoya va namoyish qilganimizning 75%.
  8. Yo‘naltiruvchi matn, muammoli vaziyat, boshqalarni o‘qitish - mustaqil o‘rganganimizning, tahlil va muhokama qilganimizning, boshqalarni o‘qitgan narsalarimizning 90%.

Metod tanlash nafaqat o‘quv maqsadidan, balki o‘quv material mazmuniga va bu fanning murakkabligiga bog‘liq. Bundan tashqari metodlarni tanlashda talabalarning soni, ularning o‘quv imkoniyatlari, ta’limning davomiyligi, o‘quv-moddiy sharoitlar va o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq.

Aqliy xujum metodi. Aqliy xujum - g‘oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror muammoni yechishda talabalar tomonidan bildi - rilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida o‘qituvchi tomonidan berilgan savolga ta -labalarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. tinglovchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga talaba - lar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy xujum» metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.

Aqliy xujum metodidan foydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. tinglovchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi talabalarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

Mehnat va o‘qish bilan bir qatorda o‘yin ham inson faoliyatining eng asosiy turlaridan biridir. O‘yinning strukturasi o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  • maqsadlarni qo‘yish.
  • rejalashtirish.
  • amalga oshirish (maqsadni).
  • natijani tahlil qilish

O‘yinli faoliyatning motivatsiyasi eng ixtiyoriyligi, tanlash imkoniyati va musobaqa elementlarining borligi, ehtiyojlarni qondirish, o‘zini anglash va o‘zini safarbar qilish bilan ta’minlanadi.

O‘yin strukturasiga quyidagi jarayonlar kiradi:

  • o‘yinchilar o‘zlariga olgan rollar;
  • bu rollarni amalga oshirish vositalar sifatidagi o‘yinli omillar;
  • predmetlarning o‘yinli qo‘llanilishi, ya’ni haqiqiy narsalarni o‘yinli shartlari bilan almashtirish;
  • O‘yinchilar orasidagi real munosabatlar;
  • Syujet (mazmun) - o‘yinda ko‘rsatilayotgan haqiqiy ahvol.

Ko‘pchilik o‘yinlar uchun quyidagi xususiyatlar xos:

  • Faqatgina talabaning xohishi bilan amalga oshiriladigan erkin rivojlanuvchi faoliyat. Talaba faqat natijadan emas, balki o‘sha jarayondan zavq oladi.
  • Bu faoliyatning ijodiy, ko‘proq improvizotsion, faol harakterdaligi.
  • Faoliyatning ruhiy jihatdan yuqoriligi, raqobat, musobaqalashish (ruhiy zo‘riqish).
  • Bevosita va bilvosita qoidalarning mavjudligi - ular o‘yinning mazmunini aks ettiradi,uning mantiqiy va vaqt bo‘yicha ketma-ketligini aniqlab beradi.

O‘yinlar quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Ijtimoiylashtirish funksiyasi. O‘yin talabani ijtimoiy munosa - batlar tizimiga qo‘shilish uchun kuchli vositadir.
  2. Millatlararo kommunikatsiya funksiyasi. O‘yin talabaga umuminsoniy qadriyatlar, boshqa millatlarning madaniyatini o‘zlashtirish imkoni -ni beradi. Chunki o‘yinlar milliy va shu bilan bir vaqtda interna -tsional va millatlararo.
  3. O‘yinda talabani o‘zini namoyon qilish funksiyasi, ya’ni o‘yin inson amaliyotining poligoni sifatida.
  4. Komunikativlik funksiyasi.
  5. Diagnostik funksiyasi. O‘yin pedagogga talabalarga turli xil qobiliyatlarni (aqliy, ruhiy va ijodiy va h.k.) aniqlashga yordam beradi.
  6. O‘yinning terapevtlik funksiyasi. U talabaning hulqida, muammosida va o‘qishda paydo bo‘ladigan turli xildagi qiyinchiliklarni yengish vositasi sifatida foydalanishda namoyon bo‘ladi.
  7. Tuzatish (korreksiya) funksiyasi. Talabaning shaxsiy strukturasi ko‘rsatkichlari ijobiy o‘zgarishlar qo‘shimchalar kiritish.
  8. Ko‘ngilochar funksiyasi. O‘yinli pedagogik texnologiyalar.

O‘yin o‘qitish metodi, bosh avlodning tajribasini kichiklarga uzatish sifatida qadimdan beri foydalanib kelgan. O‘yinlar halq pedagogikasida - maktabgacha yoshdagi va maktabdan tashqari muassasalarda keng qo‘llaniladi.

Yaqin vaqtlargacha o‘quv jarayonida o‘yinlardan foydalanish ancha paytgacha cheklangan edi.

O‘yinli texnologiyani o‘yin muhiti aniqlab beradi. O‘quv jarayonida ishbilarmonlik o‘yinlarining turli modifikatsiyalaridan foydalaniladi:

  • Immitatsion o‘yinlar - mashg‘ulotlarda birorta tashkilot, korxona yoki bo‘limlarning faoliyatlari immitatsiya qilinadi.
  • Operatsion o‘yinlar - u aniq maxsus amallarni bajarishni mashq qilishga yordam beradi. Bu turdagi o‘yinlar haqiqiy holatni immitatsiya qiligan sharoitlarda olib boriladi.
  • Rollarni bajarish o‘yini - bunday o‘yinlarda o‘zini tutish taktikasi, birorta shaxsning vazifa va majburiyatlarini bajarish uquvlari shakllanadi.
  • Psixogramma va sotsiogramma - bu xuddi teatrga o‘xshaydi. Bunda vaziyatni his qilish, boshqa insonlarni baholash uquvlari shakllanadi.

3. Do‘st izlayman

Ta’rifi. Ushbu mashqni bajarish uchun har bir o‘quvchiga A-4 formatidagi oq qog‘oz va marker yoki ruchka kerak bo‘ladi.

Topshiriq: gazetaga do‘st izlayotganligingiz to‘g‘risida (zamonaviy gazetalar «Tanishishlar» ruknida bo‘lgani kabi) e’lon yozing. Unga «Do‘st izlayapman» degan sarlavha qo‘ying. Ushbu e’londa o‘zingiz to‘g‘ringizda, qiziqishlaringiz, sizga nima bilan shug‘ullanish yoqishi, boshqa odamni sizda nima qiziqtirib qolishi mumkinligi to‘g‘risida yozishingiz mumkin. E’lon hajmli bo‘lishi kerak, uni samimiyroq yozishga harakat qiling. Siz o‘zingiz e’longa javob berish uchun e’londa nimalarni o‘qishni xohlashingiz to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. E’lon ostiga ismi-sharifingizni yozib qo‘yishingiz shart emas yoki o‘zingizga taxallus o‘ylab topishingiz mumkin.

Shundan so‘ng e’lonlar sinf xonasining devorlariga ilib qo‘yiladi va o‘quvchilar o‘zlarga yoqib qolgan uchta e’lonni biron belgi bilan belgilab qo‘yadilar. O‘qituvchi barcha o‘qib chiqilgan e’lonlarni ko‘rib chiqib, bolalarga boshqalaridan ko‘proq yoqib qolgan uchta e’lonni devordan oladi va o‘qib eshittiradi.

Muhokama:

• Ushbu e’lonlar sizni qay jihati bilan qiziqtirib qoldi?

• Siz bunday do‘stga ega bo‘lishni xohlarmidingiz? Nima uchun?

• Siz nima deb o‘ylaysiz, kim sizni o‘zining do‘sti, deb ishonarli ayta oladi?

• Samimiylik tushunchasini kim tushuntira oladi?

• Samimiy bo‘lish qiyinmi? Nima uchun?

• O‘zingiz to‘g‘risida yozish qiyin bo‘lmadimi? Bu qiyinchilik nimadan iborat edi?

• O‘zingiz «do‘st” tushunchasiga muvofiq bo‘lishingiz mumkinligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida o‘ylab ko‘rganmisiz?

Foydalanish doiralari. Ushbu mashqni o‘rganilayotgan mavzuga moslashtirib, davlat standartlariga muvofiqlashtirib, har qanday o‘quv fanida qo‘llash mumkin.

Afzalliklari. O‘z qobiliyatlarini o‘zi ro‘yobga chiqarish, muloqot yuritishdagi to‘siqlarni bartaraf etishga yordam beradi va muomala qilish ko‘nikmalarini takomillashtiradi. O‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim orttirish harakatlarini rag‘batlantiradi.

Qiyinchiliklar. O‘quv mavzusi bo‘yicha mazkur mashqdan foydalanishda kuchsiz o‘quvchilarga yordam kerak bo‘lishi mumkin.

O‘tkazish tartibi.

1. O‘quvchilar o‘z uylarida (yoki dastlabki mashg‘ulotlarda) bahs-munozara yuritish predmetiga aylanadigan mavzu bilan tanishadilar.

2. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarga bo‘lajak mavzu to‘g‘risida axborot berib, bahs-munozaralar qay tarzda o‘tishi yuzasidan qisqacha ma’lumot beradi (bunday bahs-munozaralar ilk bor o‘tkazilayotgan bo‘lsa ayniqsa muhim ahamiyatga ega).

3. Sinf 4-5 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi (yonma-yon partalarda o‘tirgan o‘quvchilar bir-biriga qarab o‘tirib olishlari ham mumkin). Guruhlar soni juft bo‘lishi lozim, chunki ikki guruh bir muammo ustida ish olib boradi.

4. Bir guruh muhokama qilinayotgan muammoning himoyachisi, boshqasi esa qarshi tomon bo‘lib chiqadi.

5. Taklif etilgan nuqtai nazarni himoya qiladigan guruhlarga o‘qituvchi tomonidan darsdan oldin tayyorlab qo‘yilgan va jadval chizilgan vatman qog‘ozi beriladi (eski oboy qog‘ozi, plakatning orqa tomonini ham ishlatsa bo‘ladi). So‘ng ular 5 daqiqa davomida taklif etilgan nuqtai nazarni (mavzuni) himoya qiluvchi birinchi dalilni ifodalaydilar va vatman qog‘ozidagi ―Ha uchun 1-dalil satriga yozib qo‘yadilar.

6. Guruhlar o‘zlarining birinchi dalillarini ifodalagunga qadar, ijobiy fikrlarga qarshi chiqishi lozim bo‘lgan komandalar ham o‘z nuqtai nazarlarini asoslashga tayyorlanadilar (bolalarning nuqtai nazari ular himoya qilishi lozim bo‘lgan nuqtai nazarga doim ham mos kelavermaydi, lekin bugun ularga shunday qilishga to‘g‘ri keladi).

7. So‘ng varaqlar ikkinchi guruhlarga (taklif etilgan ifodaga qarshi chiqadiganlarga) o‘tadi va ularga raqiblar dalillarini ifodalash va ularga javob yozishga (plakatga ―javob so‘zlaridan keyin yoziladi) hamda o‘zlarining qarshi dalillarini bayon qilishga (―Qarshi uchun 1-dalil plakatida yoziladi) 6-7 daqiqa ajratiladi.

8. Bu kabi dalillar bilan almashish jarayoni 2-3 marta takrorlanadi, shu bilan birga har bir guruh sherigining daliliga albatta javob qaytarishi va o‘zining shaxsiy qarshi dalilini qo‘shib yozib qo‘yishi lozim.

9. Shundan keyin bir mavzu bo‘yicha ish olib borayotgan ikkala guruh yozilganlarni o‘qib chiqadilar va raqiblarning eng yaxshi dalillarini belgilab qo‘yadilar.

10. Oxirgi bosqichda guruhlar plakatlarni butun sinfga taqdim qiladilar: plakatning barcha bandlari izoh berilmasdan o‘qib chiqiladi. Ikkala taraflarning eng yaxshi dalili aytiladi.

11. Guruhning barcha ishtirokchilariga bir xil baholar qo‘yiladi.

Foydalanish doiralari.

Ayni damda bolalarni hayajonlantirayotgan mavzular yoki asosan gumanitar fanlar darslarida o‘rganiladigan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilan rejalashtirilgan muloqotlarni o‘tkazish uchun.

Afzalliklari

Ushbu uslub berilgan mavzu doirasida o‘quvchilar bilimlarini chuqurlashtirishga imkon beradi, muloqot yuritish madaniyatiga o‘rgatadi, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi. Shunda o‘qituvchi baholash uchun asos bo‘la oladigan ajoyib materialga ega bo‘ladi. Yozma bahs-munozaralar uslubiyati sinfning barcha o‘quvchilari ishtirokida yozma ravishda muloqot yuritish uchun imkon beradi. Ushbu uslub ayniqsa munozarali, turli ma’noli mavzularga nisbatan ayniqsa yaxshi va samaralidir.

Qiyinchiliklari.

Aniq fanlar darslarida qo‘llash qiyin. Bu jarayonda o‘quvchilarda norozilik, tortishuvda yutish istagi paydo bo‘lishi mumkin, shuning uchun o‘quvchilarga bahs-munozaralarni o‘tkazish qoidalarini eslatib qo‘yish kerak.

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI mavzusi bo'yicha test

1. O‘qitish metodlarini tanlash nimalarga bog‘liq?

2. Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi?

3. Ta’limda proyeksion uskunalar va slaydlarni qo‘llash qaysi didaktik tamoyilda o‘z ifodasini topgan?

4. An’anaviy ta’limning asosiy kamchiligini ko‘rsating?

5. Interaktiv so‘zining lug‘aviy ma’nosi?

6. Ta’lim metodlari muammosi qanday tadqiqotga tegishli?

7. Izohli-tasvirli, reproduktiv, muammoli bayon, evristik, tadqiqotchilik metodlarining asosida nima ajratilib ko‘rsatilgan?

8. Binarli (juftli) ta’lim metodlarini asoslangan pedagog nomini ko‘rsating.

9. Nazariy bilimlarni birmuncha yuqori darajasini shakllantiradi:

10. Tafakkurni rivojlantirishda samarali sanaluvchi metodni ko‘rsating.

TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI

Reja:

  1. Tarbiya nazariyasining mohiyati va mazmuni.
  2. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya qonuniyatlari.
  3. Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
  4. Tarbiya usullari.

1. Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.

Tarbiya jarayonining mazmuni.

Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.

Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.

Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur». Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.

Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi) lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.

Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi.

Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.

Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.

Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi.

Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin.

Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi.

Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. Shaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi.

Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.

2. Tarbiya tamoyillari. Tarbiya mazmunida oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, shaxs xulq-atvori hamda sifatlari mohiyati aks etadi. Tarbiya mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari mohiyati va darajasi, shuningdek, jamiyat mafkurasi g‘oyalari asosda belgilanadi. Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi tamoyillar yotadi:

Tarbiya maqsadining aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy- siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiya maqsadi aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»ni Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlari, ya’ni, shaxsning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.

Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O‘qituvchilarning bolalar bilan ma’naviy madaniyatini shakllantirishning eng yaxshi namunasini izlash, shu asosida tarbiyachi ishining hayotiy me’yor va qadriyatlarini aniqlash o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligini ta’minlashga olib keladi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan bolalar uchun kattalarning hayotiy tajribalari, ularning shaxsiy namunalari tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega.

O‘z-o‘zini anglash. Tarbiya insonda e’tiqod, demokratik qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tarbiya mazmunining eng muhim unsurlaridan biri – bu insonning hayotiy o‘z-o‘zini anglashi, uning o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatining sub’ekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy o‘z-o‘zini anglash jihatlari muhim ahamiyatga egadir.

Tarbiyaning shaxsga yo‘naltirilganligi. Mazkur g‘oya ta’lim muassasasi amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlar, ularning shakl, metod va vositalari emas. Balki o‘quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o‘ziga xos xarakteri, o‘z qadr-qimmatini anglash tuyg‘ulari rivojlantirilib borilishi zarur.

Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni, agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o‘zida ham o‘quvchi, ham o‘qituvchi ma’naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi o‘quvchining qiziqishi, faoliyati, o‘rtoqlik va fuqarolik burchini anglash, mustaqillikka intilish tuyg‘ularini ko‘ra va anglay olsagina uning irodali ekanligi ayon bo‘ladi. Tarbiyalanuvchining irodali bo‘lishi ta’minlangan sharoitda uning shaxsiga ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida samaraga erishiladi.

Jamoa yo‘nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida shaxsni har tomonlama kamoloti, uning dunyoni anglash, uni to‘laqonli talqin etish, insonparvarlik va o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini yuzaga kelishi va rivojlanib borishi kabi holat amalga oshiriladi.

Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o‘ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega.

Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo‘naltirilganligidir.

Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsadga erishish yo‘li zamonaviy tarbiya jarayonining maqsadini tavsiflaydi.

Zamonaviy tarbiya mazmuni va ularda ilgari surilgan g‘oyalar yaxlit tarzda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar ko‘zga tashlanadi. Sub’ektiv omillar shaxsning ichiki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa,

ob’ektiv omillar shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etish uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunday muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik shaxsiy xususiyatlari, o‘y- fikrlari, hayotiy qarashlari hami muhim o‘rin tutadi.

Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin:

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo‘lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo‘lib kelgan.

Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi.

Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo‘yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.

3.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.

Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib borar ekan, unga muvofiq ravishda tarbiya jarayoni ham takomillashib boraveradi.

Tarbiya maqsadi va mazmuni metodlarni to‘g‘ri tanlashga imkon beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. Tarbiyaning mazmuni shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyatidan iborat. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.

Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlari. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlardir. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.

Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.

Tarbiya metodi (yunoncha ―metodos– yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.

Tarbiya jarayonining umumiy holatidan kelib chiqqan holda tarbiya metodlarini quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:

1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar

2. Faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari

3. Xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari

Tarbiya metodlarining turlari

Bu guruhlar o‘z navbatida bir qator tarbiya elementlaridan tashkil

etadi. Chunonchi, shaxs ongini shakllantirish metodlariga: hikoya, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, etik suhbat, ishontirish, nasihat, yo‘riqnoma, munozara, ma’ruza, namuna; faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlariga mashqlantirish, odatlantirish, pedagogik talablar, jamoat fikri, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat; xulq va faoliyatni rag‘batlantirish metodlariga: musobaqa, rag‘batlantirish va jazolash kiradi.

Tarbiyaning mutlaqo yangi metodlarini yaratishga bironta tarbiyachining kuchi yetmaydi. Metodlarni takomillashtirish muammosi doimo mavjud, har bir tarbiyachi o‘zining imkoniyatiga ko‘ra uni hal qiladi, tarbiya jarayonining aniq shart-sharoitlariga mos ravishda o‘zining xususiy qarashlarini ifoda etish asosida umumiy metodikani boyitadi.

Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqati nazaridan baholash mumkin. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash bir qator omillarga bog‘liq.

Xalq pedagogikasida qo‘llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin:

1. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).

2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).

3. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, o‘rnak bo‘lish).

4. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo‘l tilash va hokazolar).

5. Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo‘rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Xalq pedagogikasi namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy ta’sirlar muayyan vositalar yordamida qo‘llanilgan. Mehmon kutish, mehmonga borish, turli mehnat jarayonlari, hasharlar, turli gurunglar (choyxona, to‘y marosimlari), sayillar, oilaviy an’analar (tug‘ilgan kun, fuqarolik pasporti, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ma’lumotga egalik to‘g‘risidagi attestat va diplom, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasi sanaladi.

Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar

Yoshlarda ma’naviy-axloqiy sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuyg‘usi, irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi. Ular yordamida o‘quvchilar ongiga jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. Yoshlar dunyoqarashini shakllantirish, ularning hayot mazmunini tushunib olishlariga ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.

O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichki va xalqaro siyosati mazmunini tushunish va idrok qilish ko‘nikmalarini tarbiyalash lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.

Tushuntirishda o‘quvchilarga mamlakat fuqarosining davlatga nisbatan muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi hamda Konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiya berishning ahamiyati katta. Shu sababli davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.

Suhbat. O‘quvchi shaxsini g‘oyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi eng ta’sirchan usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning dolzarbligi, sinf o‘quvchilarga mosligi, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish imkoniyatini hisobga olish zarur. Suhbat quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:

Suhbatlarning mehnat, huquqiy, ekologik, iqtisodiy va gigiyenik mavzularda tashkil etilishi ham ijobiy natijalarini beradi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga ularning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishlari hamda mustaqil fikrlashlariga imkon beruvchi savollar bilan murojaat qilish foydali. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta. Hikoya. O‘quvchilar odatda hayot va turli adabiyotlardan olingan aniq misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq me’yorlari, xalq o‘tmishi, tabiiy boylar, qahramonlar hayoti va jasorati, shuningdek, tarix, adabiyot va san’at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari – radio, televideniye, gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Suhbat yoki hikoya mavzusining o‘quvchilar tomonidan belgilanishi, ularning samarali kechishini ta’minlaydi, buning natijasida o‘quvchilar ilgari surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.

Namuna. O‘quvchilar o‘z atrofidagi kishilarda hamma yaxshi axloqiy sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim.

O‘qituvchining shaxsan o‘zi namuna bo‘lishi, ayniqsa, yoshlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib yuradilar.

O‘quvchilar o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-atvorlar bolalarda yaxshi sifatlarning, ba’zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi va ota- onalar har qanday holatda ham o‘zlarini tuta bilishlari kerak. Ular qayerda bo‘lishmasin, atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalar so‘z va amaliy harakatlarida tafovut bo‘lmasligini ta’minlashlari kerak.

Ilg‘or kishilarning hayoti va faoliyatidan olingan ma’lumotlar, adabiy asar, kinofilm va spektakllar qahramonlarining xatti-harakatidagi yaxshi namunalar bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.

Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota- onalar o‘z farzandlarini hamisha katta hayotiy tajribaga ega, dunyoqarashi va bilim doirasi keng kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Masalan, ―Qush uyasida ko‘rganini qiladi. Juda oddiy xulosa. Shu oddiy xulosa ostida qancha fikrlar jamlanib yotgavnligini hamisha ham fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq ―uyingda tartibli bo‘l, aks holda bolang ko‘chada tartibsiz bo‘ladi, ―bola oldida birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi‖, demoqchi.

O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni, o‘z ustida ongli, bartartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblash mumkin. Tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Ushbu metodlar o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etishlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir.

O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora qilish, va o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok etish, ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasi. O‘quvchilar o‘qish, tarbiya va dam olishda o‘z- o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, bu usullar o‘quvchilarni o‘z- o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.

O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti- harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli. O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy fazilatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.

O‘z-o‘zini baholash mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil qilish orqali o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.

O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga yetarli tayyorlash mumkin. Shu bois o‘quvchi irodali bo‘lishi, o‘z burchini tushunishi, tahsil va tarbiya olish uchun sababli asos bo‘lishi, ya’ni, tarbiyalanishni xohlashi, o‘zini o‘rtoqlari, atrofdagilarning ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.

O‘z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o‘ziga ob’ektiv baho berish, o‘zidan qoniqishiga yordam beradi.

Izohlash tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir etish usuli. Izohlashning hikoya va tushuntirishdan farqlanadigan muhim belgisi muayyan guruh yoki alohida shaxsga yo‘naltirilganligidir. O‘quvchilar bilan ishlaganda ma’naviy-axloqiy tushunchalarning ijtimoiy ahamiyati va ma’nosini izohlash zarur. Izohlash quyidagi holatlarni yuzaga keltiradi:

1) yangi ma’naviy-axloqiy sifatlar yoki xulq ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash; 2) tarbiyalanuvchilarning sodir etilgan muayyan hodisa (masalan, sinf o‘quvchilari ommaviy ravishda darsga kelmaganlari)ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil qilish.

Ta’lim muassasasi amaliyotida izohlash ishontirishga tayanadi. Ishontirish vositasida o‘quvchi ruhiyatiga sezilarsiz holda ta’sir etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda o‘smirlar ishonuvchan bo‘lishadi. Pedagog ishontirishdan tarbiyalanuvchi ma’lum ko‘rsatmani qabul qilishi zarur bo‘lgan vaziyatlarda foydalanadi. Mazkur metoddan boshqa metodlarning ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.

Munozara tarbiyalanuvchilarga hissiy-og‘zaki ta’sir ko‘rsatish asosida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bahs- munozara usuli bo‘lib, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, estetik va huquqiy mavzular (―Did haqida bahs, ―Mashhur bo‘lish yo‘llari, ―Biz madaniyatli kishilarmizmi?, h.o)da o‘tkaziladi. Munozara fikrlar to‘qnashgan vaziyatda o‘quvchilarda ma’lum hodisaga nisbatan ishonch hosil qilishga yordam beradi.

Munozara asosida turli qarashlar yotadi. Bahs ijobiy natija berishi uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadga muvofiq. Munozara 5-6 ta savol tayyorlanadi. Savollar bilan ishtirokchilar oldindan tanishtiriladilar. Ba’zan tarbiyachi munozara ishtirokchilarini o‘zi tayinlashi ham mumkin. Chiqishlar jonli, erkin va qisq bo‘lishi zarur. Pedagog ishtirokchilarga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar asosida bayon etishga yordam beradi.

Mashq va o‘rgatish (faoliyatda mashqlantirish) metodlari muayyan mashqyordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.

O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.

Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, tjobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.

O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir. O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisi bo‘lib, harakatlarni ko‘rsatib berish va tushuntirish talab etadi.

Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xili mavjud: 1) faoliyatda mashq qilish; 2) kun tartibi mashqlari; 3) maxsus mashqlar.

Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va o‘zaro munosabatni yo‘lga qo‘yish odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari belgilangan kun tartibiga amal

qilish, shu bilan bog‘liq istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq ko‘nikma va malakalarini hosil qiladi, mustahkamlaydi.

Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.

Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur. Shundagina o‘quvchi o‘zining kamolga yetayotganligini his qiladi, unda o‘z kuchiga nisbatan ishonch paydo bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatida rag‘batlantiruvchi usullardan foydalanib, o‘quvchida ijobiy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Ta’lim tajribasida quyidagi rag‘batlantirish turlari qo‘llaniladi:

  • O‘quvchining zimmasiga mas’uliyatli vazifa yuklash
  • Maqtash
  • Estalik sovg‘asini berish (badiiy kitob va o‘quv qurollari)
  • Maqtov yorlig‘i bilan taqdirlash
  • Maxsus stipendiyalar tayinlash
  • Qo‘llab-quvvatlash
  • Safda birinchi o‘rinda turishi
  • Fotosuratini hurmat taxtasiga qo‘yish
  • Jamoa nomidan minnatdorchilik bildirish
  • Musobaqalarda bayroqdor bo‘lishi
  • Maktab devoriy gazetasi ѐki radiosi orqali nomini qayd etish

Har qanday rag‘batlantirish mavjud pedagogik talablarga muvofiq bo‘lishi, ketma-ket bo‘lmasligi zarur, shuningdek, o‘quvchini yoki uning xatti- harakatlarini haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslash, ularni kamsitmaslik, talabchanlikni bo‘shashtirmaslik kabi shartlarga muvofiq qo‘llaniladi.

Jazolash shaxsning xatti-harakati, faoliyatiga salbiy baho berishdir.

Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari va umumjamoaning faoliyati uchun qo‘llaniladigan eng so‘nggi tarbiya usuli. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo, urish, kaltaklash kabi usullardan foydlanish mumkin emas, o‘quvchini qo‘rqitish, g‘azablantirish ham ijobiy natija bermaydi. Aksincha, o‘quvchi qo‘rqqanda yolg‘on gapirishni o‘rganadi, ikki yuzlamachi bo‘lib qoladi.

Ta’lim amaliyotida quyidagi jazo choralarini qo‘llash mumkin:

Tanbeh berish eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘qituvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.

Ogohlantirish sodir etilishi mumkin bo‘lgan muayyan xatti- harakatlarning oldini olish maqsadida qo‘llaniladi

Hayfsan berish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlarini qat’iy choralar asosida baholash. Agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, uning aybi qay darajada bo‘lishi va intizomni qanday sharoitda buzganligini inobatga olib unga hayfsan e’lon qilish mumkin.

Uyaltirish o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm-hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his- tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.

Jazo puxta o‘ylab qo‘llanilishi lozim, aksincha, jahl ustida jazolash mumkin emas. Jazolar yakka xarakterda, ya’ni, birgina usulni qo‘llash asosida bo‘lsin, o‘quvchining aybiga mos, muvofiq bo‘lishi, tez-tez qo‘llanilmasligi, jazolanuvchida jazoning to‘g‘ri belgilanganligiga nisbatan shubha tug‘ilmasin va ular o‘z ayblarini sezsin. Jamoada muhokama qilish va jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azoblamasligi, tahqirlamasligi, sha’nini yerga urmasligi kerak.

Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmuni, tarkibiy qismlari, shakl va metodlari.

Shaxs dunyoqarashining shakllanishida ma’naviy-axloqiy tarbiya ham muhim o‘ringa ega bo‘lib, uni samarali tashkil etish o‘quvchida ma’naviy- axloqiy ongni shakllantirishga yordam beradi. Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.

Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’lim va tarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi.

Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.

Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs- munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi.

Axloqiy tarbiya o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uni samarali tashkil etishda ong, his-tuyg‘u hamda xulq-atvor birligiga erishish maqsadga muvofiqdir. Zero, ular birligida ma’lum kamchiliklarning yuzaga kelishi ham o‘quvchilarning komil shaxs bo‘lib kamol topishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Dunyoqarash tabiat, jamiyat, inson tafakkuri hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.

Yuksak ma’naviy komillik, yurt ozodligi, obodligi va xalq farovonli yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan talabchan bo‘lish, o‘zida irodaviy sifatlarni tarbiyalay olish, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, ijodkorlik hamda mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish kabi xislatlarni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi hayotida ustuvor bo‘lgan tamoyillar sifatida e’tirof etish mumkin.

Axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida axloqiy mazmundagi suhbat, ma’ruza, bahs-munozara, konferensiya, seminar hamda debatlardan foydalanish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarnii berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo‘lga qo‘yish asosida dunyoqarash shakllanadi

Ekologik tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari.

―Ekologiya tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan

Ekologik tarbiya (grekcha ― oikos – turar joy, makon, ― logos – fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.

Ekologik faoliyat ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti- harakatlar majmui

Ekologik madaniyat o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati

Mehnat tarbiyasining mohiyati, maqsad va vazifalari. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.

Fuqarolik tarbiyasining mazmuni va vazifalari. Har bir fuqaroning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, huquqiy madaniyatini qaror toptirish – fuqarolik (huquqiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.

Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talablar fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlari mohiyatini tahlil qilish uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq fuqaroning xulq- atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar yoki odatlar ma’qullanadi yoki qoralanadi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, demokratik, insonparvar huquqiy davlat va jamiyatni qurishdir. Bu jamiyatni bunyod etish jarayonida yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasini tashkil etish vazifalarini yanada murakkablashtiradi. Zero, demokratik, huquqiy jamiyat barpo etilishining muvaffaqiyati fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy onglilik darajasi, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligi va ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi.

Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:

Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.

O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.

O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.

O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish, ulardan g‘ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.

Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.

Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish.

Estetik tarbiya mazmuni va vazifalari. Estetik tarbiya (lotincha ―estezio ―go‘zallikni his qilaman) o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari, turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ularning badiiy didini o‘stirish, go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.

Estetik tarbiyaning asosiy vazifalari

1. O‘quvchilarga estetik bilimlarni berish.

2. Ularda estetik tushunchalarni hosil qilish.

3. O‘quvchilarda estetik his-tuyg‘u, estetik ong, estetik did va estetik madaniyatni shakllantirish.

Estetik madaniyat go‘zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go‘zalliklarni asrash va boyitish yo‘lida o‘zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan estetik faoliyatni tashkil etish darajasining sifat ko‘rsatkichi.

TARBIYA NAZARIYASI VA USULLARI mavzusi bo'yicha test

1. Vatanparvarlik nima?

2. Mohiyatiga ko‘ra qanday dunyoqarashlar mavjud?

3. Nutq, diqqat, xotira, tafakkur va ijodiy xayol kabi psixologik qobiliyatlarni rivojlantirishda ijtimoiy tarbiyaning qaysi yo‘nalishi muhim ahamiyatga ega?

4. Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar qaysi javob variantida to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

5. Quyidagi ta’rif qaysi tushuncha mohiyatini anglatadi: «Ma’naviy- axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi»?

6. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat?

7. Rivojlanish bu...

8. Shaxsni rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar.

9. Jismoniy tarbiyaning maqsadi nima?

10. Estetik tarbiyaning maqsadi to‘g‘ri berilgan javobni ko‘rsating.

PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

Reja:

  1. 1. Pedagogika tarixi
  2. 2. Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar
  3. 3. Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar

Pedagogika tarixi jamiyat taraqqiyoti qonunlariga suyangan holda turli pedagogik nazariyalarni, ta’lim-tarbiyaning mazmuni va metodlarini o‘rgatadi. O‘tmishning pedagogik sistemalarida bo‘lgan ilg‘or va progressiv fikrlarning hammasidan ijodiy foydalanadi. Demak, pedagogika tarixi ijtimoiy fandir. U tarixiy pedagogika xodisalariga davr talabi asosida yondoshadi, tarbiya nazariyasi va amaliyotini turli bosqichlarda xilma-xil bo‘lganligini ochib beradi, ilg‘or qarashlarning taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib beradi.

Pedagogika tarixi fani quyidagi fanlar, ya’ni, pedagogika, psixologiya, madaniyat tarixi, O‘zbekiston tarixi, jahon xalqlari tarixi, falsafa, etnografiya, arxeologiya, ahloqshunoslik va boshqa bir qator fanlar bilan uzviy aloqadadir.

Biz pedagogika tarixi fanini o‘rganish va tahlil qilishda: qadimgi yozuvlar, bitiklar, qo‘lyozma yodgorliklari, sharq mutafakkirlarining ilmiy – ma’naviy me’rosi, xalq og‘zaki ijodi, muqaddas kitoblar, pandnomalar, dasturlar, o‘quv qullanmalari va darsliklar, xalq maorifi masalalariga oid materiallar, matbuot materiallari, prezidentning ta’lim-tarbiyaga, oir asarlariga asoslanamiz.

Pedagogika tarixi fanining metadologiyasi esa milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va SHarq mutafakkirlarining ilmiy va ma’naviy merosi va milliy istiqlol g‘oyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.

Pedagogika tarixini o‘rganish o‘qituvchilarining faqat pedagoglik madaniyatini oshiribgina qolmay, balki, shu bilan birga, unga pedagogik mahoratni egallashga yordam beradi. SHuningdek, o‘tmishning ta’lim – tarbiya sohasidagi eng yaxshi tajribalarini o‘rganadi, bu esa uning kundalik pedagoglik faoliyatida yordam beradi, uni bevosita amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Bu borada yaratilgan tarixiy, falsafiy, adabiyotshunoslikka oid asarlardan ham ijodiy foydalanishga harakat qildik. Xullas, ushbu qo‘llanmaning yaratilishida faylasuf, sharqshunos, tarixchi, filolog olimlardan B.Ahmedov, A.Ahmedov, A.Abdullayev, V.V.Bartold, YE.E.Bertels, A.Bahoutdinov, I.S.Braginskiy, B.G‘.G‘afurov, V.Zoxidov, I.Mo‘minov, O.Fayzullayev, SH.SHomuxammedov, A.Qayumov, Y.Jumaboyev, A.Irisov, M.Orifiy, M.Hayrullayev, S.Rajabov va boshqalarning ishlari qo‘llanma va yo‘llanma vazifasini o‘tadi.

Eng qadimgi yodgorliklarda tarbiyaga oid fikrlar Hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin yashagan bo‘lib, ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydalanish, ancha takomillashgan mehnat qurollarini yasash, urug‘chilik davriga kelib, xo‘jalik hayoti va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlarni o‘z ichiga olgan davrgacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimizning boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi.

Eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya hamda Parkana kabi davlatlarida turli qabila va elatlar yashagan. Ular saklar, massagetlar, so‘g‘diyonalar, xorazmiylar, boxtarlar, chochliklar, parkanaliklar kabi qabila va urug‘lardan iborat bo‘lib, hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashovchi xalqlarning ajdodlari hisoblanadilar.

Ushbu elatlar yashagan hududlarda o‘ziga xos madaniy an’analar tarkib topa borgan. Masalan, eramizdan oldingi asrning birinchi yarmida qadimiy davlatlar: Baqtriya va So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Xorazm, Parkana, Parfiya kabi o‘lkalarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida rivojlanish va taraqqiyot ro‘y bergan. Eramizdan oldingi IX-VI asrlarda paydo bo‘lgan Ahmoniylar, eramizdan avvalgi III asr o‘rtalarida tashkil topgan Grek-Baqtriya, eramizning I asrida tashkil topgan Kushonlar, eramizning V asrda yuzaga kelgan Eftalitlar, so‘ngra Sosoniylar va nihoyat Turk hoqonligi davlatlarida ijtimoiy madaniyat yuksala bordi.

Ajdolarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan qadimiy madaniyati tarkibidan ta’lim-tarbiyaga oid merosi ham alohida o‘rin olgan. Zero, hozirgi turkiy va forsiyzabon xalqlarning bizgacha yetib kelgan muhim arxeologik topilmalari, tarixchilar, adabiyot va san’at namoyandalarining ijodiy merosi, san’at va adabiy asarlarning namunalari buning dalilidir.

Bunday muhim manbalar sirasiga yunon olimlari Gerodot, Suqrot, Plutarx, Polienlarning tarixiy, geografik hamda axloqiy asarlari, allomalarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, faylasuf, sharqshunos va tarixchi olimlar: YE.E.Bertels, S.P.Tolstov, V.V.Braginskiy, I.M.Mo‘minov, B.G‘afurov, I.V.Stebleva, A.O.Makovelskiy, Y. Jumaboyev, M.Ishoqov, adabiyotshunoslar A.Qayumov, N. Mallayev, N.Rahmonov, pedagog-olimlar O‘.Aleuov, M.Orifiy va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar kiradi.

Eng qadimgi tarbiya haqidagi yodgorliklar bizgacha bevosita yetib kelmagan. Turkiy va forsiyzabon xalqlarning hayot kechirish san’ati, donolik majmuasi sifatida yuzaga kelib, borliqqa amaliy munosabatda bo‘lishning namunasi tarzida e’tirof etilgan ma’naviy madaniyat yodgorliklari qadimgi grek tarixchisi Gerodotning “Tarix”, Strabonning “Geografiya” hamda Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit-turk” kabi asarlari, shuningdek, Urxun-Enisey bitiklari kabi adabiy-tarixiy manbalarda saqlangan va ular orqali bizgacha yetib kelgan. Ushbu yodgorliklar mohiyatini o‘rganish insonning shakllanishida moddiy va ma’naviy madaniyat qay darajada katta rol o‘ynaganligidan dalolat beradi.

Xususan, tarbiya insonning aqliy va axloqiy jihatdan tarkib topa borishiga ta’sir etgan bo‘lsa, insonning shakllana borishi ham o‘z navbatida kishilik jamiyatining qaror topa borishiga yordam bergan. Xullas, tafakkur yurita olish qobiliyatiga ega bo‘lgan inson kamolotining ta’minlanish jarayoni hamda jamiyatning ijtimoiy taraqqiyoti o‘zaro uzviy aloqada shakllangan. Mazkur tarixiy jarayon mohiyatini bilish bizga inson tafakkurining juda uzoq davr va murakkab sharoitlarda shakllana borganligidan dalolat beradi.

Ma’lumki, kishilik jamiyatining vujudga kelishi jarayonida inson ham biologik jihatdan, ham ijtimoiy jihatdan takomillashib borgan. Dastlabki diniy e’tiqodlar, eng oddiy ixtirolarning takomillashib borishi kabi holatlar inson ongining ham shakllanib borishiga turtki bo‘ldi. Bu jarayon minglab yillarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, ana shu davrda inson ongi shakllanishining asosi sifatida qabul qilingan xulq-odob qoidalari, ijtimoiy talablar yuzaga kelgan. Ushbu talablar muayyan davrda yaratilgan yodgorliklarining asosiy mazmuni va mohiyatini tashkil etadi.

Eng qadimgi kishilarga xos bo‘lgan xislatlar, ularning dastlabki, oddiy istaklari, orzu-umidlari qadimgi eposlarda aks etgan afsonaviy obrazlar hamda qahramonlar qiyofasida o‘z ifodasini topgan. Ruhga sig‘inish (onimizm), ajdodlar ruhiga sig‘inish (totemizm), sehrgarlik kabi diniy e’tiqodlar va marosimlar yoritilgan afsona va rivoyatlarda eng qadimiy ajdodlarimizning tafakkur dunyosi aks etgan. Ammo bu rivoyat va afsonalar ham massaget, sak, xorazmiy, so‘g‘d hamda parfiyanlar yashagan davrlar ruhini ifoda etadi, xolos.

Eng qadimgi madaniy boyliklarimizni o‘rganishda quyidagi uch guruhga ajratilgan manbalarga tayanamiz:

Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan ko‘rgazmali ashyolar.

Xalq og‘zaki ijodi materiallari hamda yozma manbalar.

Buyuk adiblar, allomalarning ijodiy merosi.

Ma’lumki, ibtidoiy kishilar mehnat faoliyati jarayonida o‘z ehtiyojlarini qondirgan va bu jarayon yosh avlodda ham mehnat qilish, amaliy faoliyatni yo‘lga qo‘ya olish borasidagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga zamin hozirlagan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jarayoni dastlabki paytlarda butun ijtimoiy hayotni yo‘lga qo‘yish negizida amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik tarbiya inson faoliyati asosiy jihati, ijtimoiy ongni shakllantirishning muhim omiliga aylandi. Dastlabki urug‘chilik jamiyatidan oldin ham inson yashash uchun kurashgan, mazkur davrda urug‘ning áarcha a’zolari jamoa bo‘lib harakat qilganlar. Keyinroq kishilar mehnat faoliyatini jamoa a’zolarining yosh jihatlariga ko‘ra quyidagi uch guruh asosida tashkil etganlar.

а) bolalar va o‘smirlar;

b) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;

c) keksalar.

Ibtidoiy jamiyatda bola o‘zi uddalay oladigan faoliyatning tashkil etilishida bevosita ishtirok etib, hayot kechirish va mehnat qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirgan. Bu holat og‘ir sharoitda kechgan. o‘g‘il bolalar erkaklar bilan ov qilish, qurol yasash kabi yumushlarni bajarsalar, qizlar ayollar tomonidan bajariladigan mehnat sirlarini o‘zlashtirar edilar. Hech qayerda yozilmagan odat va an’analarga ko‘ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida ma’lum tajribalarga ega bo‘lardilar. Bola ma’lum tayyorgarliklardan so‘ng maxsus sinovlardan o‘tib, amaliy faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qo‘lga kiritar edi. Ushbu an’ana, ya’ni, bolalarni ma’lum yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko‘zga tashlanadi.

Urug‘chilik jamoasi bosqichida esa bolalar mehnatining ko‘lami kengayib, kasb-hunar faoliyatining turlari ko‘payib boradi. Tajribali kishilar bolalarni tarbiyalash bilan birga ularni yozishga ham o‘rgata boshlaydilar. Asta-sekin harbiy tarbiyaning boshlang‘ich ko‘rinishlari yuzaga kela boshlaydi. Bolalarga harbiy san’at sirlarini o‘rgatish ancha murakkab ish bo‘lib, ushbu tarbiyani tashkil etish maxsus bilim hamda tayyorgarlikka ega bo‘lishni taqozo etar edi. SHu bois maxsus harbiy bilim va tayyorgarlikka ega bo‘lgan kishilar bolalarga bu boradagi bilimlarni berish jarayoniga jalb etila boshladilar.

Jamiyatning ijtimoiy jihatdan taraqqiy eta borishi bolalarga dalalarni o‘lchash, suv toshqinlarining oldini olish, kishilarni turli kasalliklardan davolash usullariga oid bilimlarni berishga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi. Mazkur ehtiyojni qondirish yo‘lidagi harakatning tashkil etilishi natijasida turli maktablar faoliyat yurita boshladi. Maktablarda asosiy e’tibor bolalarga ogzaki bilimlar berish bilan birga ularda yozuv ko‘nikmalarining shakllantirilishiga qaratildi. Dastlab suratkashlik rivojlanib, piktografik xat paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik qo‘shni mamlakatlardan kirib kelgan harflar yordamida yozish usuli paydo bo‘ladi va bu usul tez tarqala boshlaydi.

Eramizdan oldingi ming yillik o‘rtalarida oromiy, Aleksandr Makedonskiy istilosidan so‘ng esa yunon, shuningdek, forsiy mixxat yozuvlari ham ma’lum vaqtlarda qo‘llanilib kelgan. Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So‘g‘d, Kushon, Run (Urxun-Enisey), uyg‘ur va boshqa yozuvlar paydo bo‘ladi va ta’lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo‘lib yashash an’anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog‘ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o‘nlik sonlar tizimining paydo bo‘lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo‘lishning o‘ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O‘rta dengiz bilan Hindistonni o‘zaro bog‘lovchi karvon yo‘lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O‘rta dengizga “Buyuk ipak yo‘li”ning ochilishi kabi voqealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo‘ladi.

Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o‘tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya yozuvlari qo‘llanilgan.

Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning “Tarix” kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta’lim-tarbiya tarziga oid muhim ma’lumotlar berilgan. “Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir”, - deydi olim. SHunga ko‘ra ular ko‘proq o‘g‘il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o‘g‘li ko‘p bo‘lsa, unga har yili sovg‘a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e’tibor berishgan. O‘g‘il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to‘g‘ri so‘zlikka o‘rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko‘rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo‘lgan. Mabodo o‘g‘il bola vafot etsa, otasining qayg‘urmasligi uchun shunday qilganlar.

O‘g‘illar hech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug‘ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar.

Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg‘onchilik va qarzdor bo‘lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. SHu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo‘l yuvmaganlar.

Gerodotning ushbu ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o‘g‘il farzandlarini jasoratli, o‘z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e’tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko‘rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag‘lub bo‘ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko‘taradilar: “Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku!” Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar.

Bu voqeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta’sis etadi: “Bu shaharga qaysi shoh qadam qo‘ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg‘a qilsin”.

YUqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o‘zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o‘rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to‘g‘rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. SHu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o‘z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar.

Plutarxning yana bir o‘rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urf-odatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga harakat qilgan. SHu maqsadda u o‘ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo‘lgan harbiy san’at sirlarini o‘rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko‘p murabbiylar tayinlangan. YUnon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o‘sha davrda ko‘plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o‘qitilganidan dalolat beradi.

So‘g‘d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va “Eski xatlar” nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so‘g‘d yozuvi haqida ma’lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog‘ida yashagan so‘g‘dlik tijoratchi (savdogar)larning o‘z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo‘lgan xatlar3 tashkil qiladi.

Imperator YAn Li (615-617) ning elchisi Vey Tszi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o‘g‘il bola besh yoshga to‘lar ekan, unga savdoni o‘rgata boshlaydilar. O‘qishni o‘rganishi bilan savdo ishlari ham o‘rgatilgan.

Syuan-Tszin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o‘rnak bo‘lganligini aytib o‘tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o‘qitilgani, ta’lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to‘grisidagi ma’lumotlarni beradi.

Bu ma’lumotlar qadimda bolalar o‘qitiladigan savod maktablari bo‘lganligi va maktablardan tashqari bolalar maxsus murabbiylar tomonidan harbiy-jismoniy mashqlarni bajara olish va muayyan hunar sirlarini o‘zlashtirish ishiga jalb etilganligidan darak beradi.

PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR mavzusi bo'yicha test

. Pedagogika tarixi fanining asosiy maqsadi nima?

2. Ibtidoiy jamoa davrida tarbiya asosan qanday shaklda amalga oshirilgan?

3. Ibtidoiy jamiyatda tarbiyaning asosiy maqsadi nimadan iborat bo‘lgan?

4. Qadimgi Sharqda dastlabki maktablar qaysi sivilizatsiyalarda paydo bo‘lgan?

5. Qadimgi Mesopotamiyada maktablar qanday nomlangan?

6. Qadimgi Misrda ta’lim asosan kimlar uchun mo‘ljallangan edi?

7. Qadimgi Hindistonda ta’lim berish asosan qayerda amalga oshirilgan?

8. Qadimgi Xitoyda tarbiya va ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatgan mutafakkir kim?

9. Qadimgi Yunonistonda Spartada tarbiyaning asosiy yo‘nalishi nima bo‘lgan?

10. Qadimgi Afinada tarbiya qanday yo‘nalishda olib borilgan?

TA’LIM MUASSASI MENEJMENTI

Reja:

  1. 1. Maktab – pedagogik tizim va boshqarishning obyekti sifatida. Maktabni boshqarish prinsiplari.
  2. 2. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Uslubiy Kengash va uning vazifalari..
  3. 3. O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash
  4. 4. Pedagogik attestatsiyani amalga oshirish.

Ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik tahlil qilish. Maqsad qo‘yish va rejalashtirish. Tashkil qilish. Maktab ichki boshqaruvini nazorat qilish. Tartibga solish.

Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishga nisbatan tizimli yondashuv asosida rahbar ta’lim muassasasini bir butun yaxlit tizim sifatida va uning belgilari haqida aniq tasavvurga ega bo‘ladi. Tizimning birinchi belgisi yagonaligi hamda uni bo‘laklar, tarkibiy qismlarga ajratish mumkinligidadir. Ikkinchi belgisi tizimning ichki tuzilishining mavjudligini anglatadi. Uchinchi belgisi tizimning integrsiyalana olishidir. Tizimning har bir tarkibiy qismi o‘ziga xos sifatga ega bo‘lgani bilan, o‘zaro harakat orqali tizimning yangi integratsiyalana olish sifati hosil bo‘ladi. To‘rtinchi belgisi ta’lim muassasalarining tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liqligidir. Chunki ta’lim muassasalari tashqi muhitga moslashib, ushbu ta’lim jarayonini qayta quradi hamda o‘zining maqsadlariga erishish uchun tashqi muhitni o‘ziga bo‘ysundiradi. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.

Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Bu holat o‘qituvchilar va o‘quvchilarning ehtiyojlari, talab va istaklarini hisobga olmaslikka, rahbar va o‘qituvchilarning keraksiz mehnat va vaqt sarflashlariga olib keladi.

Bundan tashqari oliy o‘quv yurtlarini tamomlab, maktabda ishlayotgan yosh mutaxassislar va ular olib borayotgan ta’lim-tarbiyaishlarini o‘rganish, ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish, yo‘l-yo‘riqlar va maslahatlar berib borish, turli mavzularda ijodiy kechalar, tajribali hamda faxriy o‘qituvchilar bilan uchrashuvlarni uyushtirish maqsadida tuman Metodika kabineti qoshida «Yosh mutaxissislar maktabi»ni tashkil qilish mahsadga muvofiqdir.

Maktabni boshqarish prinsiplari.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. Respublikaning ―Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan.

Har bir rivojlangan mamlakat o‘z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq.

Respublika uzluksiz ta’lim tizimi DTSga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga qarashli korxona, muassasa, tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishda quyidagi tamoyillar ustuvor xususiyat kasb etadi:

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi, ma’muriyatning ta’lim muassasasi jamoatsi oldida muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim muassasasi hayotiga oid fikr bildirish imkoniga egaliklari, muassasada demokratik g‘oyalar yetakchi o‘rin tutishini anglatadi.

Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishda uning faoliyatida ko‘zga tashlanadigan elementlar tizimli (bir-birini to‘ldiruvchi) bo‘lish bilan birga yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Rahbar ta’lim muassasasini boshqarishda ana shu alohidalik va umumiylikni inobatga olishi lozim. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.

Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Markazlashtirilmaslik esa pedagogik tizim faoliyatining sustlashtiradi. Ta’lim muassasasini boshqarishda markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash qabul qilinayotgan qarorlarning ob’ektiv bo‘lishini ta’minlaydi.

Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o‘quvchilarning tajribasi, bilimiga tayanib, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kollegial (jamoatchilik asosida) yondashuv, uning ijrosini ta’minlashda esa yakkahokimlikka bo‘ysunish kutilgan natijani beradi.

Ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi. Tizimni boshqarishning samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar to‘liq, ammo haddan ziyod ko‘p bo‘lsa, qaror qabul qilishda chalkashlikka yo‘l qo‘yiladi. Boshqaruv jarayonida axborotdan samarali foydalanish ta’lim muassasasi faoliyatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga yordam beradi.

Ta’lim muassasini boshqarishda muayyan vazifalarning ijobiy hal qilinishi ko‘zda tutiladi. Ular quyidagilardir:

Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, erishilgan natijalarni avvalgilari bilan taqqoslamay turib, uni boshqarib bo‘lmaydi. Pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud: kundalik tahlil; tizimli tahlil; yakuniy tahlil.

Kundalik tahlil o‘quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma’lumot yig‘ib, kamchiliklar sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilda o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirish va intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlari inobatga olinadi.

Tizimli tahlil darslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Bunda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishiga erishish, tarbiyaviy ishlarni samarali olib borilishi va ta’lim muassasasida innovatsion muhitni yaratishda pedagogik jamoa hissasini ta’minlash masalalari o‘rganiladi.

Yakuniy tahlil o‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshiriladi, asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. Tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.

1. Maktabning ichki boshqaruvi, uning tuzilishi va vazifalari. Pedagogik Kengash va uning vazifalari. Uslubiy Kengash va uning vazifalari.

Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo‘yish va rejalashtirishdan iborat.

Boshqaruv faoliyatining maqsadi ishning umumiy yo‘nalishi, mazmuni, shakli va metodlarini aniqlash. Ta’lim muassasasini boshqarishni rejalashtirish pedagogik tahlil asosida belgilangan dasturiy maqsadga muvofiq qaror qabul qilishdir. Ta’lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi: muddatli (perspektiv); yillik; yakuniy.

Qabul qilingan rejalarni amalga oshirish uchun pedagogik faoliyat tarkibiy qismlarini bir-biri bilan aloqada bo‘lishini tashkil etishga e’tibor qaratish lozim. ―Tashkil etish tushunchasi ta’lim muassasasining rahbarlari, o‘qituvchilar, shuningdek, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyatiga nisbatan qo‘llaniladi.

Ichki nazorat ham ta’lim muassasasini boshqarishda alohida o‘rin tutadi. Nazoratni tashkil quyidagi tamoyillarga rioya qilish lozim: tizimlilik, ob’ektivlik, harakatlilik, to‘ldiruvchilik.

Ichki nazoratning turlari, shakllari va metodlarini turkumlashtirish muammoli masala bo‘lib qolmoqda. Shunday bo‘lsa-da, ichki nazoratning quyidagi turlarini ajratilib ko‘rsatish mumkin:

Asosiy: 1. Mavzuli. 2. Frontal

Qo‘shimcha: 1. Alohida 2. Sinf muloqot. 3. Predmetli. 4. Mavzuli. 5. Majmuaviy (kompleks)

Ta’lim muassasasining boshqaruv organlari. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq

barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi Pedagogik kengash faoliyat ko‘rsatadi.

Pedagogik kengash ta’lim muassasasi hayotiga doir masalalarni hal qilishda muhim o‘rin tutadi. Uning vazifalari quyidagilardir:

Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta ta’lim maktabi, AL, KHK) hujjatlarini muhokamadan o‘tkazish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish;

Muassasaning maqsad, vazifalaridan kelib chiqib, uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash;

Muassasada o‘quv, tarbiya jaraѐnini tashkil etish, ta’lim samaradorligini oshirishda maqbul shart-sharoitlar yaratishga doir qarorlarni qabul qilish;

Muassasa boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni ishlab chiqish;

Pedagogik jamoa faoliyatini tahlil qilish, yakuniy xulosa chiqarish;

Pedagogik jamoa tomonidan o‘z vakolati doirasida me’yoriy talablarni ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarilishini nazorat qilish

Pedagogik kengash vazifalari

Pedagogik Kengash yig‘ilishlarining qarorlari, hujjatlari ta’lim muassasasi ish yuritish hujjatlari bilan birga saqlanadi. Pedagogik Kengash faoliyati bir qator hujjatlarda o‘z aksini topadi:

Ta’lim muassasasi hujjatlari besh yil davomida muassasada saqlanadi. Ta’lim muassasasida metodik kengash, metodik birlashmalar ish yuritadi.

Metodik kengash ta’lim muassasasida ta’lim jaraѐnining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy yetukligi, pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirishga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organ.

Metodik kengashning faoliyat doirasi keng bo‘lib, u tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar quyidagilardir:

- Metodik ta’minot holatini o‘rganish;

- metodik ishlarini tashkil etish va istiqbolini aniqlash;

- metbirlashmalar faoliyatiga rahbarlik qilish;

- me’ѐriy va metodik hujjatlarni o‘rganish, o‘quv jarayoniga oid tavsiyalar berish;

- o‘qituvchilar bilim darajasini oshirish, metodik ishlanmalar bilan ta’minlash;

- o‘qituvchilarga ish rejalarini tuzish bo‘yicha tavsiyalar berish;

- ilg‘or PTni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

- o‘quvchilar bilimini nazorat qilish, mustaqil ishlarini tashkil qilishga oid ko‘rsatmalar berish;

- ilg‘or o‘qituvchilarni rag‘batlantirishga tavsiya qilish;

- pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish materiallarini tayyorlash;

- Fan oyligi, haftaligi, fakultativ, to‘garak, fan olimpiadalarining 1-bosqichini, ko‘rik-tanlovlarni o‘tkazish, ularning samarasini nazorat qilib borish.

Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalar faoliyat ko‘rsatadi.

Metodika birlashmalari o‘zida metodika kengashining vazifalarini aks ettiradi. Shu bilan birga quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzuiy rejalarni tasdiqlashga tavsiya etish;

oraliq va yakuniy nazoratlar uchun tayyorlangan sinov materiallarini tasdiqlash;

ilg‘or ish tajribalarni o‘rganishni tashkil qilish, ommalashtirish; metodik ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash;

o‘zaro dars kuzatishlarni tashkil qilish, tahlil etish;

ochiq darslarni tashkil etish, yosh mutaxassislarga metodik yordam berish;

ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalarni berish;

fan xonalarining me’yoriy hujjatlar talablari asosida jihozlanishini tashkil etish

Metodika birlashmasiga Pedagogik kengash qaroriga ko‘ra ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan rahbar tayinlanadi.

Ta’lim muassasalari rahbarlarining vazifalari. Ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni, kundalik faoliyatga rahbarlik bevosita ta’lim muassasasi direktori tomonidan olib boriladi.

Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat: davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash; o‘quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish; o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish; ta’lim muassasasi me’yoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.

O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari: o‘quv haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash; dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash; har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish; yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish; sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish; o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish; o‘suvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari: ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash; ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish; ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish; ta’lim muassasasidagi ―Yosh yetakchi‖ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.

Pedagogik jamoaning o‘ziga xosligi. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.

O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilab qo‘yilganidek, har jihatdan barkamol, mustaqil fikrlovchi yoshlarni tarbiyalash uchun bugungi kun o‘qituvchisi siyosiy, ilmiy-metodik va umumpedagogik saviya, o‘z ishiga ijodiy yondashish, o‘z burchiga nisbatan fidoiy bo‘lishga bog‘liqdir.

O‘quv-tarbiyaviy jarayonni boshqarish pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu sababli ta’lim muassasini boshqarishning asosiy ob’ekti pedagogik jamoa hisoblanadi.

Ijtimoiy boshqaruvning asosiy mohiyati ikki asosiy masalani yechishga qaratiladi:

1. Pedagoglar faoliyatini yo‘naltirish.

2. Pedagoglar faoliyatini faollashtirish.

Birinchi masalani hal qilish uchun boshqaruv sub’ekti xodimlar faoliyatini talab etiladigan yo‘nalishga soluvchi ma’lum dasturni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Ikkinchi masalani hal etish uchun shaxsning hissiy-ehtiyoj sohasidagi talablarini (moddiy va ma’naviy, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilash, mehnatni tashkillashtirishning samarali yo‘llarini ishlab chiqish) rag‘batlantirishni qondiruvchi imtiyozli sharoitlar yaratiladi.

Pedagogik faoliyatni faollashtirishda boshqaruv dasturining sifati, ya’ni aniqligi, real sharoitga asoslanganligi, pirovardida yuqori natija berishi, ishlanganlik darajasi ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir sohaga oid dasturlar alohida xususiyatlarga ega bo‘ladi, biroq ularning barchasida quyidagi qonuniyatlar kuzatiladi: bajariladigan ish qay darajada ko‘proq ijodiy mehnatni talab qilsa, jamiyat shu darajada insonparvarlashib va demokratlashib boradi, cheklashlar qay darajada kam bo‘lsa tashabbus bilan ishlash darajasi shuncha ortib boradi.

Respublikamiz hukumati ta’lim sohasida o‘rtaga qo‘yyayotgan vazifalarni bajarish ko‘p jihatdan pedagogik jamoaga bog‘liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zlangan maqsadga erishish vazifasi asosan pedagogik jamoa zimmasiga yuklatilgan. Bu o‘z navbatida o‘quv muassasasini boshqaradigan rahbarning faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Qaysi o‘quv muassasasida ichki va tashqi tnazorat yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha ta’lim maskanida ta’lim-tarbiya ishlari ham izchil bo‘ladi. Pedagoglar jamoasi ishini sistemali nazorat qilish bir tomondan har bir pedagogning o‘z ishi uchun mas’uliyatini oshiradi hamda o‘z ishida kamchiliklarni vaqtida aniqlash va tuzatish imkonini beradi.

Ta’lim muassasi ishini har jihatdan to‘g‘ri tashkil qilish, uning samaradorligi natijasi garovidir. Bu esa jamoa mehnati jarayonlarini

oqilona yo‘lga qo‘yishni taqoza etadi. Binobarin, yoshlarni tarbiyalash ko‘plab kishilarning umumiy mehnati jarayonida hal qilinar ekan, demak bu mehnatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning kuchlari qanchalik to‘g‘ri yo‘naltirilganligiga, maqsadlar birligi va harakatlar muvofiqligi qanday ta’minlanayotganligiga bog‘liqdir. Aks holda birgalikda qilinayotgan jamoa mehnatining samaradorligi pasayib ketishi mumkin. Maqsadlarni tushunish birligini amalga chiqarish, so‘ngra bu maqsadlarga erishish jarayonida o‘zaro aloqalarni ta’minlash maktabni boshqarishning muhim vazifasi bo‘lib, bu vazifaning pirovard natijasi asosan rahbarning faoliyatiga bog‘liq.

Ta’lim muassasasini boshqarishda:

1. Tizimni tashkil etishni ishlab chiqishi, tadqiqot, loyihalash ishlarini yo‘lga qo‘yib ish tartibini belgilashi, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilmasligi.

2. Amaliy ish bajarishning belgilangan tartibda va tizimga muvofiq bajarilayotganini tekshirish.

3. Ish me’yorining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslikni, qiyinchilik va to‘siqlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini kuzatishi va shu singari boshqa muo‘im ishlarni amalga oshirishi lozim.

Demak, ta’lim muassasasi rahbari ish faoliyatini 4 bosqichga ajratib ko‘rsatish mumkin:

1. Olingan axborot asosida qaror qabul qilish. Ishning vazifalarini va yo‘nalishlarini belgilash. Ma’lum ob’ektiv ma’lumotlarni tahlil qilish va umumlashtirish. Yaqin istiqbolli rejalarni belgilash. Ishning mavjud haqiqiy ahvolini belgilash, ularni taqqoslash, imkoniyat darajalarini hisobga olish, variantlarni tanlash, muassasaning rivojlanish yo‘lini belgilash va boshqalar.

2. Tegishli yangi qarorlarning asosiy g‘oyalarini ularni ijro qiluvchilarga tunutirishi, olingan ma’lumotlarga asosan ishni ko‘rib chiqib, kamchiliklarni tuzatishi, bu vazifalarni amalga oshirishda o‘quv- trabiyaga oid tadbirlarni amalga oshirishi, kadrlar tanlashdan to‘g‘ri folydalanishi va hokazolar.

3. Ta’lim-tarbiya jarayonining haqiqiy ahvoli to‘g‘risida doimiy ishonchli ma’lumotlar olib turishi, davlat dasturlarini bajarilishini, talablarda yagonalikka erishilishini nazorat qilishi, o‘qituvchilar va butun jamoaning hisobotlarini eshitib borishi va boshqalar.

4. Favqulodda yuzaga kelgan kamchilik va nuqsonlarni , to‘siqlarni bartaraf etishi, intizomga oid suhbatlar tashkil qilishi, shikoyat va iltimos bilan kelgan ota-onalarni qabul qilishi, muassasani boshqarishning asosiy vazifalaridan chalg‘itmaydigan ishlar va topshiriqlarni bajarishi va hokazolar.

Har o‘quv yilining oxirida pedagoglar jamoasi faoliyati yakunlari muayyan shaklda aniqlanadi va baholanadi. Bu ish bundan keyingi ishlarning tashkil etuvchisi va boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi. Pedagog o‘quv yili oxirida qilingan barcha ishlardan olingan natijalarni solishtirib u yoki bu metodlarning qanchalik muhim ekanligiga baho berishi va shu asosda tajriba to‘plashi, o‘z ishini takomillashtirib borishi mumkin.

Yil davomida pedagoglar jamoasida muhokama qilish uchun barcha pedagoglarning bir xildagi tushunishi mumkin bo‘lgan prinsipial masalalarni qo‘yib borish ham yaxshi natija beradi. Jamoa rahbari ma’naviyat-ma’rifat ishlarining kundalik ahvolini, mashg‘ulotlarga, suhbatlarga, majlislarga, turli mavzulardagi yig‘ilishlarga kirish hamda ota-onalar, talabalar, pedagoglar bilan doimiy suhbatlar o‘tkazish orqali o‘rganib boradi va ayrim juz’iy kamchiliklarni yo‘l-yo‘lakay tuzatib boradi.

Shunday qilib, jamoaning rahbari va jamoa a’zolarining faolligisiz, ta’lim-tarbiya berishda samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi. Shu sababli ta’lim muassasasi rahbari doimo ularning kuchiga tayangan holda ish yuritishi va ular bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib turishi zarur.

Umuman olganda, rahbar xodimga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatar ekan, G.Salening quyidagi so‘zlarini yodda tutishi foydadan xoli emas: «Shuni unutmangki, hamma uchun mos andoza yo‘q. Biz, hammamiz – turli toifadamiz va muammolarimiz ham turlicha».

Ta’lim-tarbiya ishlariga yangicha munosabat mustaqillik, ma’naviyat negizi asosida hukumat qarorlarida ta’lim islohatlarida olimlar va ijodkor o‘qituvchilarning izlanishlarida o‘z aksini topmoqda.

Fan yutuqlarini va ilgor tajribani o‘qituvchilarning ishga doim singdirib borish jarayoni, o‘qituvchi mexnati samaradorligini oshirish xam pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish xisoblanadi.

Pedagoglarga ilmiy-amaliy konferensiyada chiqib so‘zlash,doklad qilish, gazeta, jurnallar uchun ilmiy maqolalar tayerlash vazifasi topshiriladi. Agar xar bir o‘qituvchi ijodkor bulsa, seminar-darslar, rolli darslar, amaliy uyinlar, navator o‘qituvchilar bilan uchrashuvlar utkazsa. O‘z ishiga jon-dili bilan yondashsa, uning o‘quvchilari nafaqat darsga, kelajakka kizikishlari, intilishlari ortadi, ongi tiniklashadi. Bu esa pedagogik jarayonning yuksalishiga olib keladi

O‘qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash. V.A.Suxomlinskiy pedagogik faoliyatga shunday ta’rif beradi: «pedagogik rahbarlikning sirlaridan biri o‘qituvchilarda muntazam izlanshi va o‘z ishining tahlshiga qiziqish uygotishdan iborat. Kimki o‘z darslarida, tarbiyalanuvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yaxshi va yomonni farqlashga, yutuq va kamchshiklarini o‘z vaqtida bilishga urinsa, pedagogik faoliyatning yarim muvaffaqiyatiga erishgan bo‘ladi».

Xuddi shu nuqtai nazardan ilgari surilgan g‘oyani V.I.Zagvyazinskiyda ko‘ramiz: u «har bir o‘qituvchi mustaqil ravishda o‘z imkoniyatlarini aniqlashi, o‘z qobiliyatlarini va pedagogik mahoratini rivojlantirishi kerak. O‘zida ko‘p narsani kashf qilish, tavsiya qilinganlardan ko‘pini sinab ko‘rish, baholash lozim... o‘qituvchi o‘zini o‘zi yaratadi, kosib yoki ijodkor bo‘lishini ham o‘zi belgilaydi».

O‘zining pedagogik tajribasini tahlil qilib, o‘qituvchi o‘z diqqatini tobora muvaffaqiyatli jihatlarga qaratadi, o‘zining ish samaradorligini pasaytirayotgan pedagogik muammolarni va qiyinchiliklarni ham ko‘ra olib, uni bartaraf etish yo‘llarini topadi.

Pedagogik faoliyatdagi qiyinchiliklarning dastlabki tadqiqlaridan birini N.V.Kuz’minada ko‘ramiz. U o‘qituvchi duch keladigan dastlabki qiyinchiliklarni

«pedagogik faoliyatning tashqi omillari keltirib chiqaradigan va ichki omillarning xarakterida, kishining faoliyatga ta’limiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan tayyorgarligida paydo bo‘ladigan keskinlik, beparvolik, qoniqmaganlikning subyektiv holatidir» deb ta’riflaydi.

T.S.Polyakovaning ishi endigina o‘z faoliyatini boshlayotgan o‘qituvchilar duch keladigan tipik didaktik qiyinchiliklarga bag‘ishlangan. U didaktik qiyinchiliklarga shunday ta’rif beradi: «Didaktik qiyinchshiklar - o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi qiyinchshigi bo‘lib, uni hal qshish uchun shart—sharoitlar yo‘qligi, keskinlik, beparvolik, o‘z ishidan qoniqmaganlikning psixologik holati yoki, aksincha, uni bartaraf qshish uchun ishroitlar ta’mitangani holda pedagogik mahoratni takomshlashtirish, pedagogik «ftrlashni», malaka va ko‘nikmalarni

rivojlantirtini ta’minlaydigan tetiklsh, mobipizatsion tayyorgarlik, emotsional ko‘tarinkilik holatining mavjud emasligi».

T.SPolyakova pedagogik faoliyatdagi qiyinchiliklar va ziddiyatlar uzoq muddat hal qilinmaganda, muvaffaqiyatsizlik vaziyatida nafaqat psixologik uzilishlar, balki o‘z-o‘zini baholashning pastligi, pedagogik mahoratni takomillashtirishning tormozlanshp manbasi sifatida salbiy rol o‘ynashini aytadi. Pedagogik vazifalarga faol munosabatning zarur sharti bo‘lgan ragbatlantiruvchi vazifa esa ijobiy rol o‘ynashini ta’kidlab, o‘qituvchining shaxsiy pedagogik mahorati zahirasini safarbar qiladi, uni ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish manbai deb hisoblaydi.

Qiyinchiliklarning pozitiv roli uning indikatorlik (hisoblovchi) vazifasi bilan ham belgilanadi. «Indikatorlik vazifasi pelagoggsk mahoratning shakllanish jarayonini tormozpovchi ob’ektiv omillarni ajratadi, birotsuo‘z -o‘zini baholash tarzida sub’ektiv namoyon bo‘ligii, shu shaxs uchun faoliyatning tobora qiyin jihatlarini aniqlab berishi mumkin»

Demak o‘z pedagogik faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituvchi aslo jismonan va ruhan bo‘shashishi, butunlay osoyishtalikka berilishi mumkin emas. Bu tuygu psixologiya fanida relaksatsiya deb atalib, kishilarning ish faoliyatida salbiy holatlariga beriladigan baho sifatida e’tirof etiladi.

Pedagogik va psixologik adabiyotlar tahlili, qiyinchilik -insonning sub’ektiv psixologik holati ekanligini, u hamma vaqt ham tashqi kuzatuvchi tahlil uchun qulay emas degan xulosa qilishga imkon berishini, bu esa hech kim o‘qituvchining kasbiy qiyinchiliklarini uning o‘zidan ko‘ra yaxshiroq aniqlay olmasligini va ularni bartaraf qilish yo‘llarini ham o‘zidan boshqa kishi topa olmasligini ta’kidlaydi.

Pedagogik tashxislash konsepsiyasi pedagogika fani va umumta’lim maktablari amaliyotining o‘zaro hamkorlik jarayonini boshqarish imkoniyatini ta’minlaydigan uchta metodologik asosni o‘z ichiga oladi:

-ma’lum bir pedagogik mahorat pozitsiyasini egallash;

-ma’lum bir maqsadga yo‘nalganlik;

-pedagogik mahoratni egallashga bo‘lgan ehtiyoj.

Turli boshqaruv tizimlari nuktai nazaridan aynan bir xil natijalar u yoki bu muammoning dolzarbligi bilan belgilanadigan turlicha ahamiyat kasb etishi mumkin. Ish tajribasidan foydalanish hajmi va miqyosi ham har xil bo‘ladi. Konsepsiya mualliflari integratsion fan yutuqparidan foydalanish samaradorligi, olimlar erishgan natijalar, amaliyotchilar unga extiyoj sezgan joyga borib yetishi, ilmiy bilimlarning ma’lum bir maqsadga yo‘nalganligiga bog‘liqligini ta’kidlaydilar.

Fanning u yoki bu tarzdagi tavsiyalari pedagogikada ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan g‘oyalar bilan ta’minlashdan avval amaliyot asosida aniqlangan ehtiyoj bo‘lishi kerak. O‘qituvchi mehnatini o‘rganish jarayonida qator shart sharoitlarga rioya qilish ko‘zda tutiladi. A.K.Markovaning fikricha, nafaqat o‘qituvchilik kasbida uzoq o‘tmish tajribalaridan foydalanish darkor, balki o‘qituvchi kasbiy rivojlanishining eng yaqin va olis istiqbollarini ham belgilash zarur.

Shu munosabat bilan pedagogik tashxis pedagogik faoliyatda erishiladigan yutuqlarni belgilovchi (prognostik) xarakter kasb etganida samarali bo‘lishini ta’kidlamoqchimiz. Olimlar tomonidan olib borilgan tajriba ishlari jarayonida shu narsa aniqpandiki, pedagogik mahoratni tadqiq qilishning belgilovchi (prognostik) xarakteri bevosita o‘qituvchining kasbiy refleksiyasiga tayanadi.

Bu o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida paydo bo‘ladigan muammosi aynan nimadan iboratligini va uning sababi aynan nima ekanligini aniqlash, sabab va oqibatlarini pedagogik qiyinchilik oqibati bilan qorishtirmaslikka imkon beradi. Bunda pedagogik tashxislashning o‘qituvchi kasbiy faoliyatini tezkor korreksiyalash imkoniyatini beradigan o‘ziga xos indikatorlik (hisoblash) vazifasi namoyon bo‘ladi.

O‘qituvchining o‘z potensial imkoniyatlarini baholash diagnostika davomida har qanday holatda ham e’tiborga olinishi lozim, - deb ta’kiddaydi A.K.Markova, - unga ishonch bildirish kerak, uning kasbiy faoliyatiga bahoni oshirib yoki pasaytirib ko‘yish o‘qituvchi kasbiy rivojlanishini to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Ushbu o‘qituvchining individual rivojlanish mantiqini hisobga olish maqsadga muvofikdir. O‘qituvchining yutuqlarini boshqa o‘qituvchilarning yutuqlari bilan emas, balki o‘zining oldingi yutuqlari bilan ham taqqoslash kerak.

Shaxsiy pedagogik faoliyatni o‘z-o‘zida tahlil qilish jarayonida o‘qituvchi o‘zining ta’lim-tarbiyaviy faoliyati natijalari va xususiyatlarining holatini o‘rganadi, pedagogik ziddiyatlar o‘rtasidagi sabab va oqibatli bog‘lanishlarni aniqlaydi, o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishni yanada takomillashtirish yo‘llarini belgilaydi, - deb ta’kidlaydi L.Ye.Pleskach.

Olimning fikriga ko‘ra, “Refleksiya -o‘z-o‘zini tahlil qilish bo‘lib, o‘z-o‘zicha belgipangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashadi”.

Ilmiy adabiyotlar tahlili, shuningdek, o‘qituvchi faoliyatida pedagogik tajriba o‘qituvchilar pedagogik mahoratini oshirishning diagnostik metodikalaridan foydalanish va olingan natijalar tahlili pedagogik tashxislashni o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishini ta’minlaydigan usullardan biri sifatida baholashga imkoniyat beradi.

Zero, o‘qituvchi ilgor pedagogik tajribalarni o‘rganishda ―tajriba o‘rganishdan maqsad va uning vazifalarini rejalashtirish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyotida mohir o‘qituvchilarning yutuqlarini o‘rganish, materiallarni to‘plash, tahlil qilish, xulosa chiqarish‖ kabi vositalardan foydalanadilar.

Shuningdek, ta’kidlamoqchimizki, pedagogik tashxislash qayd qiluvchi emas, balki maqsad hosil qilishni belgilovchi (prognostik) xarakterga ega bo‘lganligida samarali bo‘ladi, bu o‘qituvchining kasbiy refleksiyasi rivojlanishi asosida amalga oshiriladi. Ayni paytda, aynan ta’lim-tarbiya jarayonida maqsad hosil qiluvchi tashxislash uning rivojlanish qobiliyatini ta’minlaydi.

Xulosa qilib aytilganda, o‘qituvchi tomonidan o‘z kasbiy faoliyati natijalarini anglab yetishi uning pedagogik faoliyatni amalga oshirishini yanada takomillashgan usullarini izlash va ularni o‘zlashtirish zaruriyatini ta’minlaydi. Faoliyatni o‘zgartirish esa, ma’lumki, faoliyat subyektining o‘zgarishiga olib keladi. O‘qituvchining analitik (tahlil qilish) qobiliyatlari rivojlanishi jarayonida uning kasbiy refleksiyasi ham rivojlanadi, bu, o‘z navbatida, o‘qituvchining o‘z-o‘zini rivojlantirish jarayonini ma’lum bir yo‘nalishga solib, uning shaxsiy ijodiy faolligini oshiradi.

TA’LIM MUASSASI MENEJMENTI mavzusi bo'yicha test

1. Qaysi javobda o‘qituvchilarning professional malakasini oshirishning samarali shakllari ko‘rsatilgan?

2. Maktabda metodik ishlarning asosiy shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?

Boshqaruv uslubi-bu...

4. Ta’lim muassasasi rahbarining mehnati natijasi asosan nimalarda namoyon bo‘ladi?

5. Qaror qabul qilishda yakkabosh, jamoa fikri bilan hisoblashmaydigan rahbarlarni... deyishadi.

6. Notiqlik san’atini Yunonistonda qanday nomlashgan?